Sanoat iqtisodiyoti faniga kirish


“Sanoat iqtisodiyot”fanning predmeti va boshqa fanlar bilan



Yüklə 102,38 Kb.
səhifə2/3
tarix22.04.2023
ölçüsü102,38 Kb.
#101658
1   2   3
tarmoq iqtisodi

2.“Sanoat iqtisodiyot”fanning predmeti va boshqa fanlar bilan
bog’liqligi
Ishlab chiqarish va bozorni oqilona tashkil etish, ularning samaradorligini,
natijaliligini oshirmoq uchun jamiyatning umumiy iqtisodiy qonunlarini bilish,
xo’jalikka rahbarlik qilishning ilmiy asoslarini chuqur egallash zarur.
Iqtisodiyot sohasida ro’y berayotgan barcha voqeliklardan habardor bo’lish, ularning mohiyati va ahamiyatini to’g’ri tushunish, iqtisodiy muammolarni oqilona hal etish korxonalar, firmalar, tarmoqlar va komplekslar oldida turgan vazifalarni o’z vaqtida amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan qurollanmoq, ularni chuqur egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy fanlar tizimi o’rgatadi. Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruh— umumiqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodni yaxlit o’rganuvchi fanlar. Ikkinchi guruh — xususiy iqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodning u yoki bu sohasini, yoxud korxona (firma) iqtisodini o’rganuvchi fanlar. Birinchi guruhga eng avvalo “Iqtisodiy nazariya” fani kiradi. Uning o’zi o’z nomi bilan boshqa fanlardan ajralib turadiva umumiqtisodga nazariy jihatdan yondashadi, unga xos qonunva qoidalarni o’rganadi.
“Iqtisodiy nazariya” — insonlarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan o’zaro aloqada o’rganuvchi fandir. Bu fan kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni boshqarish qonunlarini, shuningdek, ulardan amaliy faoliyatda foydalanish yo’llarini o’rganadi. Lekin “Iqtisodiy nazariya” mamlakatningayrim tarmoqlari va tarmoqlararo komplekslarida iqtisodiy qonunlarning namoyon bo’lish, ro’y berish shakllari va xususiyatlarini o’rganmaydi. Bu bilan aniq iqtisodiy fanlar shug’ullanadi. Ana shunday fanlardan biri «Industrial iqtisodiyot»fani hisoblanadi. Bu fan jamiyatning iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalari sanoat va uning tarmoqlari sohasida namoyon bulishi, ro’y berishi, tuzilmaviy o’zgarishlarning «falsafasini», boshqarishning ilmiy asoslarini, rejalashtirish va bashoratlashning metodologiyasi va metodikasini, fan-texnika tarakqiyotining asosiy yo’nalishlari, sanoat resurslarining mohiyati, ahamiyati va turlari hamda ulardan foydalanishni yaxshilash shart-sharoitlari va sanoatning boshqa qator muammolarini o’rganadi.
“Industrial iqtisodiyot”fani “Korxona iqtisodiyoti” fani bilan chambarchas bog’liqdir. Bunday bog’liqlik sanoat va uning alohida tarmoqlari moddiy-texnika va mehnat salohiyatidan to’la-to’kis foydalanish imkoniyatlarini qidirib topish uchun mehnat jamoasiga iqtisodiy ta’sir ko’rsatishning yangidan-yangi usullarini topishda mahorat va ishning ko’zini bilishga yordam beradi. Iqtisodiy hayot jarayonlari va hodisalarini o’rganish darajasi nuqtai nazaridan, odatga ko’ra, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyotni farqlaydilar. “Makroiqtisodiyot” fani iqtisodiyotni bir butun sifatida qaraydi va umumiy (majmuiy) talab va taklifning, milliy daromad va yalpi milliy mahsulotning shakllanish jarayonlarini tadqiq etadi, xukumat byudjet siyosatining iqtisodiy o’sishiga, inflyatsiya va ishsizlik darajasiga ta’sirini tahlil etadi. Boshqacha aytganda, bu fan makroiqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish muammolarini o’rganadi va o’rgatadi.
“Makroiqtisodiyot” fani ishlab chiqarish tarmog’i va korxona, tovar va moliya bozorlari, banklar, turli firmachar, uy xo’jaligi kabi aloxida sub’ektlar va tuzilmalarning fe’l — atvorini tadqiq etadi. U alohida tovarlarning ishlab chikarish xajmi va ularga baho qanday belgilanishini, soliqlar va boshqa to’lovlarning aholi jamg’armalariga qanday ta’sir etishini o’rganadi.
“Industrial iqtisodiyot”fani “Menejment” fani bilan ham bevosita bog’likdir. CHunki sanoat boshqaruvining muhim muammolari menejment nazariyasi va amaliyoti asosida o’z yechimini topishi mumkin.
“Menejment” fani — boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirish va ishchan qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Bu fanning muhim muammolarini o’rganishda xalq xo’jaligida texnika va texnologiya taraqqiyotining yo’llarini belgilab beradigan fanlarning xulosalaridan ham keng foydalanish g’oyat zarurdir.
SHunday qilib, «Industrial iqtisodiyot»fanining predmeti deganda jamiyatning ob’ektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada namoyon bo’lish shakllarini, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida jonli va buyumlashgan mehnatning eng optimal xarajatlari asosida eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar va omillarni o’rganish tushuniladi.


Yüklə 102,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin