Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti



Yüklə 46,94 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü46,94 Kb.
#191884
1   2   3   4   5
Документ Microsoft Word

Ayirboshlash
– bu kishilarning istak – xohishlari va ehtiyojlari mahsuli sifatida amalga 
oshiriladigan jarayon bo‘lib, buning natijasida, tomonlar ehtiyojini qondirish maqsadida 
ixtiyoridagi narsadan voz kechib, zarur bo‘lgan narsaning o‘rniga berishdir. Ayirboshlash 
kishining ehtiyoji bo‘lgan buyumga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan jarayondir. 
Demak, ayirboshlash “A” va “B” tomonlar o‘rtasidagi o‘za-ro kelishuv natijasida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, “A” o‘ziga tegishli tovar yoki xizmatini “B” tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Madomiki, ushbu almashuv jarayo-ni ikki tomonga ham iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, “A” tomon voz kechgan tovar yoki mahsulot o‘rniga o‘zi uchun zarur 
bo‘lgan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi.
Shuningdek, natural xo‘jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini 
shakllanishiga olib kelgan. Vaqt o‘tishi bilan odamlar o‘rtasida mahsulot ayirboshlash jarayoni 
rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro‘y bera boshlagan. Xususan, pulning 
vujudga 
kelishida 
chorvachilikning 
dehqonchilikdan 
ajralib 
chiqishi, 
keyinchalik 
hunarmandchilikning shakllanishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda, odamlar 
o‘rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash jarayoni bosh-landi. O‘sha davrdagi ayirboshlash 
munosabatlarini faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 

ishlab chiqarishning natural xo‘jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o‘tishi;

ishlab chiqaruvchi sub’ektlarning bir – biriga o‘zaro bog‘liqligining vujudga kelishi; 


ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlanganligi. 


2.Pul hozirgi kundagi ko‘rinishi, holati va darajasiga yetgunga qadar juda uzoq tarixiy 
davrni boshidan kechirdi. Yer yuzida puldan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanib 
kelinayotganiga yetti ming yildan ortiq vaqt bo‘ldi
1
. Bu davr ichida dastlabki pullar tovar
buyum, oddiy metall va qimmatbaho metallar ko‘rinish-idan hozirgi kunda keng foydalanib 
kelinayotgan qog‘oz va elektron pullar ko‘rinishigacha yetib keldi.
Jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar takomillashib va rivojlanib borgani sari pulning 
shakli, pul ishlari va pul ishtirokidagi hisob – kitoblar ham doimiy ravishda takomillashib va 
rivojlanib kelmoqda. 
Pulning rivojlanishiga turtki bo‘lgan asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi. 1.Tovar 
ishlab chiqarishning kengayishi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi. 2. Barcha shakllardagi 
mulk qiymatlarining o‘sishi. 3. Tovarlar oldi –sotdisi bo‘yicha aylanmalar hajmining ortishi.

Yüklə 46,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin