asrning oxiri XI asrning boshlarida Xitoyda chiqarilgan. Xitoyda qog‘oz pullar muomalaga
chiqishida mamlakatda qog‘ozning kashf etilganligi va bosma mashinalarining yaratilganligi
muhim ahamiyat kasb etgan. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar “erkin tanga”,
keyinchalik “qimmatbaho qog‘oz tangalar” deb yuritildi, ular mamlakatda erkin aylanadigan
to‘lov vositalari bo‘lsada oltin yoki tovarlar bilan ta’minlanmagan edi.
Qog‘oz pullar kvadrat shaklda bo‘lib, bir tomonida imperatorning nomi va dinastitsiyasi
haqidagi ma’lumotlar, ikkinchi tomonida esa “G‘aznachilik boshqaruvi iltimosiga ko‘ra qaror
qilindi, hukumronlik qiluvchi imperator tomonidan tasdiqlangan va ushbu yozuv bo‘lgan bu
qog‘oz tanga qiymatga ega va haqiqiy kumush tanga qatorida to‘lovga qabul qilinishi shart.
Ushbu tartibni buzgan har qanday shaxsning boshi kesiladi” degan mazmundagi so‘zlar bitilgan
edi.
Xitoyda muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullarning hajmiortib ketganligi va ularni
tartibga solish mexanizmlari mavjud bo‘lmaganligi bois juda tez vaqt ichida qadrsizlanib ketadi.
Natijada 1500 yillarga kelib qog‘oz pullarni muomalaga chiqarish bekor qilinadi.
Yevropada dastlabki qog‘oz pullar Stokgolim banki tomonidan 1661 yilda emissiya
qilingan. Yevropada qog‘oz pullar emissiyasining namoyandalaridan biri shotlandiyalik Djon Lo
(1671 – 1729) hisoblanadi. Uning ta’limotiga ko‘ra, muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar ishlab
chiqaruvchilar faolligini oshiradi va davlatning xazinasini to‘ldirishda juda qulay vosita
hisoblandi. U o‘zining ta’limotini 1716 – 1720 yillarda Frantsiyada o‘zi tashkil etgan bank orqali
amalga oshirishga erishdi. Biroq, muomalada qog‘oz pullar haddan ortiq ko‘payib ketishi
natijasida pullarning qadri tushib ketdi va uning ta’limoti inqirozga yuz tutdi.