Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Innovatsion loyihalarni tashkil etishda davlatning ishtiroki



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/24
tarix29.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#71261
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish

4.3 Innovatsion loyihalarni tashkil etishda davlatning ishtiroki. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni 
ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‗batlantirish borasidagi qo‗shimcha chora-tadbirlar 
to‗g‗risida 
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 29-30-son, 280-modda; 2010 
y.,1-2-son,2-modda; 2011 y., 36-son, 366-modda; 2012 y., 8-9-son, 78-modda) 
Ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar rivojlantirilishi hamda ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlariga tatbiq etishni 
rag‗batlantirish bo‗yicha amaliy mexanizmlar yaratish, fan va ishlab chiqarishning yanada 
mustahkam aloqasini ta‘minlash maqsadida, shuningdek, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda real 
iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o‗rtasida uzviy hamkorlik aloqalarini o‗rnatishda innovatsion 
g‗oyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining ahamiyatini hisobga olgan holda: 
1. SHunday tartib o‗rnatilsinki, unga muvofiq Innovatsion g‗oyalar, texnologiyalar va 
loyihalar Respublika yarmarkasi har yili o‗tkaziladi. 
Innovatsion g‗oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining har yili 
o‗tkazilishini tashkil qilish Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va 
savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni 
muvofiqlashtirish qo‗mitasi zimmalariga yuklansin. 
2. O‗rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish 
chora-tadbirlari kompleksi.
Tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hamda Innovatsion g‗oyalar, 
texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasini yuqori darajada o‗tkazish ishlarini 
muvofiqlashtirib borish uchun Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi tuzilsin. 
Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi 
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va 
texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‗mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‗rta 
maxsus ta‘lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‗jalik birlashmalari mazkur qaror 
bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan 
muddatlarda so‗zsiz bajarilishini ta‘minlasin. 
4. Amaliy ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarishga keng tatbiq 
etilishini ta‘minlash uchun vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqa xo‗jalik 
birlashmalari quyidagilarni: 
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning amortizatsion ajratmalari va sof foydasi, shuningdek 
buyurtmachilarning maqsadli tushumlari shakllantirish manbalaridan iborat bo‗lgan 
modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‗armalarini; 
tarmoq va korxonani innovatsion rivojlantirishga javobgar bo‗lgan tarkibiy bo‗linmalar, 
zarur hollarda esa — loyiha-konstruktorlik byurolarini tashkil etishda xo‗jalik boshqaruvi 
organlari hamda korxonalarga ko‗maklashsin. 
5. Quyidagilar tashkil etilayotgan xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarni innovatsion rivojlantirish 
tarkibiy bo‗linmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin: 


zamonaviy uskunalar va texnologiyalarning xalqaro va mahalliy ishlanmalarini o‗rganish, 
shu asosda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning har yilgi va o‗rta 
muddatli dasturlarini shakllantirish; 
mahalliy amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga buyurtmalar jamlamasini 
shakllantirish, shuningdek ularni joylashtirish
amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini korxona faoliyati amaliyotiga tatbiq 
etish. 
Mazkur tarkibiy tuzilmalar faoliyatiga tatbiq etilgan loyihalar va ishlanmalar soni, 
shuningdek ulardan olingan iqtisodiy samaraga qarab baho berilsin. 
6. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‗mitasi bilan birgalikda 
bir oy muddatda Xo‗jalik boshqaruvi organlari va korxonalarning modernizatsiya va yangi 
texnologiyalar jamg‗armasi to‗g‗risidagi 
nizomni
 belgilangan tartibda ishlab chiqsin va 
tasdiqlasin. 
7. Belgilansinki, modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‗armasiga yo‗naltiriladigan 
mablag‗lar xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar tomonidan ilmiy amaliy tadqiqotlarni, innovatsion 
loyihalarni, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini hamda ularni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq 
etishni moliyalashtirishda foydalaniladi. 
8. 2014 yilning 1 yanvarigacha bo‗lgan davrda o‗quv va ilmiy-tadqiqot muassasalari 
hamda tashkilotlari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan 
tuzilgan shartnomalar bo‗yicha amalga oshiriladigan amaliy ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlarini bajarish qismida daromad solig‗i, yagona soliq to‗lovi, qo‗shilgan qiymat 
solig‗i va davlatning maqsadli jamg‗armalariga majburiy to‗lovlar (yagona ijtimoiy to‗lovdan 
tashqari) to‗lashdan ozod etilsin. 
9. Ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini qayta jihozlash va to‗liq jihozlash uchun 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan ro‗yxatlar bo‗yicha modernizatsiya 
qilish doirasida olib kelinadigan uskunalar bojxona to‗lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi 
yig‗imlaridan tashqari) ozod etilsin. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin