Ishlab chiqarishning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligi muhim kategoriya sifatida, umuman olganda ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini, erishilgan natija bilan jonli va buyumlashgan mehnat o’rtasidagi nisbatlarni o’rganadi.
Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligining doimiy oshib borishi obyektiv zarurat hisoblanadi va milliy daromadning keskin ko’payishiga imkoniyat yaratib beradi.
Iqtisodiy hisoblash va tahlil tajribasida ikki xil samaradorlikni farqlaydilar. Birinchi - bu umumiy (mutloq) samaradorlik, ikkinchisi- qiyosiy samaradorlik.
Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligining darajasi turli xil o’zaro bir biri bilan bog’liq omillar ta’siri ostida shakllanadi.