«Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish» kafedrasi «Mikroiqtisodiyot» fanidan kurs ishi mavzu


-jadval. 2015-2019 yillarda Andijon viloyatida mehnat resurslari tarkibining o`zgarishi (ming kishi)



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə7/11
tarix20.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#61904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
«Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish» kafedrasi «Mikroiqtiso

1-jadval.
2015-2019 yillarda Andijon viloyatida mehnat resurslari tarkibining o`zgarishi (ming kishi)

Ko`rsatkichlar

Yillar

2019 yilda 2015 yilga nisbatan o`zgarishi

2015

2016

2017

2018

2019

%

Jami aholi soni

2 756,5

2 780,8

2 831,4

2910,5

3420,2

124,1

Mehnat resurslari soni

1 637,2

1 638,1

1 667,4

1692,0

1710,9

104,4

Iqtisodiy faol aholi soni

1 242,7

1 279,2

1 318,7

1271,7

1374,9

106,4

Iqtisodiy nofaol aholi soni

394,5

358,9

348,7

420,3

335,2

85,0

Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan.
Andijon viloyatida doimiy aholining o`rtacha soni 2019 yilda 2013 yilga nisbatan 663,7 ming kishiga, 124,1%ga, mehnat resurslari soni 73,0 ming kishi yoki 104,4% ga, iqtisodiy faol aholi soni 132,2 ming kishiga, ya`ni 106,4% ga o`sganligini, iqtisodiy nofaol aholi soni esa 59,3 ming kishiga yoki 85,0% ga kamayganligini ko`rish mumkin. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, o`rganilayotgan davrda Andijon viloyatida mehnat resurslari tarkibida ishlayotgan nafaqaxo`r va o`smirlar mutlaq sonining kamayishini kuzatilgan.
Olib brogan Kurs ishi ni natijasida to`plagan ma`lumotlarimni tahlilini amalga oshirib borib shu xulosaga keldimki, Andijon viloyatini miqyosidaham, tumanlar kesimida ham aholi soni barqaror o`sishi tendensiyasiga ega (1-jadval).

2-jadval
Andijon viloyati aholisi tarkibida mehnat resurslari soni va uning o`zgarishi (kishi)





Shahar va tumanlar nomi

2015 yil

2019 yil

2019 yil 2015 yilga nisbatan %

Jami aholi soni

Mehnat resurslari soni

Jami aholi soni

Mehnat resurslari soni

Jami aholi soni

Mehnat resurslari soni


Jami viloyat bo`yicha

2 714,20

1 637,20

2936,5

1710,2

107,2

103,3

1

Andijon sh

396,70

237,30

425,6

247,8

104,9

104,4

2

Xonobod sh

39,4

23,1

40,2

24.0

102.0

103,9

3

Andijon

225,3

135.0

240,7

138,3

106,8

102,4

4

Asaka

271,7

133,9

301

173,8

110,8

129,8

5

Baliqchi

168,8

101.0

185,5

107.0

109,9

105,9

6

Bo`z

60,9

36,5

66,7

39,5

109,5

108,2

7

Buloqboshi

122,3

73,3

132,8

76,2

108,6

104.0

8

Jalaquduq

162,7

97,5

173,5

101,6

106,6

104,2

9

Izbosgan

207,9

124,6

219,2

127,4

105,4

102,2

10

Ulug`nor

52,8

31,6

55,3

32,5

104,7

102,8

11

Marxamat

148.0

88,7

160,4

93.0

108,4

104,8

12

Oltinko`l

152,3

91,2

163,2

94,3

107,2

103,4

13

Paxtaobod

165,4

99,1

177,6

102,9

107,4

103,8

14

Xo`jaobod

96,3

57,8

102,1

59,4

106

102,8

15

Shahrixon

254,8

154,6

275,9

158,8

108,3

102,7

16

Qo`rg`ontepa

184,7

112,8

200,1

116,4

108,3

103,2

Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan.
2-jadval ma`lumotlaridan ko`rinadiki, viloyatning Asaka (110.8%), Baliqchi (109.9%), Buloqboshi (108.6%) tumanlarida doimiy aholi va mos xolda mehnat resurslari soni boshqa tumanlarga qaraganda tez sur`atlarda o`sgan. Shuningdek, viloyatning Xonobod shahri (102.0%), Ulug`nor tumani (104.7%), Andijon shahri (104.9%) hududlarida aholi sonining, qolaversa, mehnat resurslari sonining o`sish sur`atlari birmuncha sekinroq holatda kechmoqda. Ushbu omil sabab viloyat aholisi o`sish darajasi ko`rsatkichini pastroq qilib ko`rsatmoqda.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ish bilan ta`minlashning quyidagi yo`nalishlari mavjud:

  • davlat va nodavlat tizimlari mablag`lari hisobidan ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta tuzish dasturlarini amalga oshirish va shunga ko`ra mehnat resurslarini taqsimlash;

  • ishchi kuchi taklifi va unga bo`lgan talabni iqtisodiy va huquqiy vositalar orqali tartibga solish;

  • ishsizlarning va mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan aholi tabaqalarining ijtimoiy himoyasini ta`minlash uchun mahsus tadbirlar ko`rish;

  • ishchi kuchi sifatini oshirish;

  • aholining iqtisodiy faolligini rivojlantirish;

  • yakka tadbirkorlik va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash va boshqalar.

Keying yillarda iqtisodiy o`zgarishlar aholini ish bilan band qilish muammosini murakkablashtirimoqda. Chunki mehnat resurslarining mehnatda band bo`lish tarkibi o`zgarmoqda. Bugungi kunning dolzarb bo`lgan vazifasi mehnat resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasida intensiv ravishda qaytadan taqsimlash, aholining mehnatdan band bo`lishi tarkibini, tuzulishini aholiga xizmat ko`rsatuvchi sohalar va yakka tadbirkorlik hisobiga o`zgartirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.
Iqtisodiy islohotlar sharoitida iqtisodiyot sohalarida band bo`lgan ish bilan bandlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Andijon viloyati iqtisodiyot sohalarida ish bilan bandlik tarkibining tahlili 3-jadvalda keltirilgan. Unga ko`ra, 2016-yilda Andijon viloyatidagi ish bilan bandlik tarkibida rasmiy sektorda ishlovchilar ulishi (59,5%) yuqoridir, shunga mos xolda norasmiy sektorda ish bilan bandlar 36,8 foizni tashkil qilgani xolda 2019-yilda rasmiy sektorda ish bian bandlar ulushi 54,4 foizni tashkil qilgani va norasmiy sektorlardagi ish bilan bandlar 34,2 foiz bo`ldi.

3-jadval
Andijon viloyatida ish bilan bandlik xolati (kishi)

Ko`rsatkichlar

2016-yil

Jamiga nisbatan %

2017-yil

Jamiga nisbatan %

2018-yil

Jamiga nisbatan %

2019-yil

Jamiga nisbatan %

Jami ish bilan bandlar

1 210 767

100

1 245 054

100

1 271 728

100

1 297 696

100

ulardan

























Iqtisodiyotning rasmiy sektotlarida bandlar

699 963

57,8

697 354

56,0

692 212

54,4

697 392

54,4

Iqtisodiyotning norasmiy sektotlarida bandlar

463 121

38,2

420 951

33,8

434 985

34,2

444 827

34,2

Respublika tashqarisiga ishlash uchun ketganlar

47 683

4,0

126 749

10,2

144 531

11,4

155 477

11,4

Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan.
Shu bilan birga, Respublika tashqarisiga ishlash uchun ketganlar ham 2016 yilda jami ish bilan bandlikning 3,7 foizini tashkil qilgan holda 2019 yilda 11.4 foizni tashkil qildi.
Viloyatda ish bilan bandlik tarkibi tunanlar kesimida bir tekis emas. Bunda, albatta, viloyat, shahar va tumanlari aholisi soni, hududlarda ijtimoiy-ishlab chiqarish ob`yektlari soni kabi omilllarni hisobga olish zarur. (4-jadval)
4-jadval.
Adijon viloyati tumanlari kesimida ish bilan bandlar sonining o`zgarishi, kishi



Hududlar

Yillar

2019 yil 2016 yilga nisbatan %

2016

2017

2018

2019

1

Andijon sh

174 710

176 454

184 152

192 843

115,8

2

Xonobod sh

17 693

17 531

18 575

18 789

115,9

3

Andijon

99 770

93 433

94 530

94 690

102,4

4

Asaka

129 133

125 685

128 591

131 740

108,3

5

Baliqchi

81 051

77 363

78 673

79 193

105.0

6

Bo`z

29 287

27 428

28 067

28 486

104,9

7

Buloqboshi

56 828

55 382

56 687

57 533

108,8

8

Jalaquduq

80 934

78 461

78 967

78 601

105,4

9

Izbosgan

97 469

96 767

98 566

101 072

109,7

10

Ulug`nor

26 174

25 677

26 455

27 332

111,4

11

Marxamat

71 673

68 014

68 687

69 382

103,5

12

Oltinko`l

75 919

72 387

73 227

74 334

104,2

13

Paxtaobod

80 765

77 355

78 326

78593

105,5

14

Xo`jaobod

49 003

48 715

50 019

51 628

111,6

15

Shahrixon

71 673

113 545

115 511

118 469

108,1

16

Qo`rg`ontepa

93 057

90 857

92 693

95 015

108,5


Jami

1 279 233

1 318 717

1 271 728

1 297 696

108,1

Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan.
Statistik ma`lumotlardan ko`rinadiki, viloyat miqyosida ish bilan bandlar soni 2019 yilda 2016 yilga nisbatan 108.1% ga yoki 18463 kishiga ortgan. Hududlar kesimida bu borada eng yuqori ko`rsatkich Andijon (115.8%) va Honobod (115.9%) shaharlariga tegishli bo`lib, ulardagi bu o`sish sur`ati 2016-2019 yillarda barqaror o`sish tendensiyasiga ega. Viloyat miqyosida ish bilan bandlar sonida 2016-2019 yillarda tebranishni kuzatish mumkin. Chunonchi, 2016 yilda bandlar soni 1 279.2 ming kishini, 2017 yilda 1 318.7 ming kishini, 2018 yilda 1 271 7 ming kishi, 2019 yilda 1 297 696 ming kishini tashkil etgan. Ko`rib turganingizdek, 2017 yilga qiyoslaydigan bo`lsak 2018 yilga 5.6% ga kamaygan. Tahlillardan ko`rinadiki, viloyatda aholi ish bilan bandligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish masalalari har bir tuman va shahar xususiyatlaridan kelib chiqib turlicha bo`lgan.
Biloyatda aholi ish bilan bandligini oshirish sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirirsh maqsadga muvofiq, ya`ni:

  • viloyatning noqishloq xo`jaligi tarmoqlarida yangi ish joylarni tashkil etish;

  • amaldagi ishlab chiqarish korhonalarini texnik qayta jihozlash, modernizatsiyalash va qayta ta`mirlash;

  • ishlab chiqarishga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish;

  • yangi yerlarni o`zlashtirish;

  • qayta ishlash sanoati, xizmatlar ko`rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati ko`lamini kengaytirish;

  • hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo`llab-quvvatlash;

  • aholi bandligining yangi shakllarini joriy etish va o`zini-o`zi ish bilan ta`minlashni rag`batlantirish;

  • ishsizlarni kasbga o`qitish, qayta o`qitish va malakasini oshirish.

Demak, viloyatda aholining ish bilan bandligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda, ayniqsa, viloyat bandlik dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda yuqoridagi holatlarni va tavsiyalrni inobatga olish maqsadga muvofiq deb o`ylaymiz


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin