Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə98/195
tarix23.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#101722
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   195
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

YaFh SST-IT
bunda,
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan olingan sof tushum;
IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
- asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF h YaF-DX+BD-BZ,
bunda,
AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX – davr xarajatlari;
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ – asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlar;
- xo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF h AFF+MD-MX,
bunda,
UF – umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari;
- soliq to’lagungacha olingan foyda, u umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlarda ko’rilgan foyda va minus favqulodda zarar sifatida aniqlanadi:
STF h UF+FP-FZ,
bunda,
STF – soliq to’lagungacha olingan foyda;
FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ – favqulodda vaziyatlardan ko’rilgan zarar;
- yilning soy foydasi, u soliq to’langandan keyin xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladi, o’zida foydadan to’lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to’lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to’langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF h STF-DS-BS,
bunda,
SF – sof foyda;
DS – Foydadan to’lanadigan soliq;
BS – boshqa soliqlar va to’lovlar.
Foydaning taqsimlanishi deganda uning iste’mol va jamg’arishga yo’naltirilishi, joriy davr foydasining soliqlar to’lovi, ishlab chiqarishni rivojlantirish va zahiralashga hamda kapital egalari o’rtasidagi shartlar, kelishuvlarga binoan taqsimlanishi tushuniladi.
Mahsulot (ish xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi foyda korxonada yaratilgan foydani ifodalaydi. Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydani topish uchun mahsulotni sotishdan tushgan sof tushumlardan shu sotilgan mahsulot tannarxini chegirib tashlash kerak, o’z navbatida, mahsulot sotishdan tushgan sof tushumni topish uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan keyin kelgan tushumdan qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, qaytarilgan tovarlar qiymati, xaridorga berilgan skidkalar (chegirmalar) ayirib tashlanadi. Mahsulotni eksport qiluvchi korxonalar eksport tariflarini ham chegirib tashlaydilar. Mahsulotni sotishdan keladigan tushum esa O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuniga asosan aniqlanadi.
Demak, mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda mahsulot sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot tannarxi orasidagi farqqa teng. Bu farq ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Ijobiy farq foyda sifatida, salbiy farq esa zarar sifatida e’tirof etiladi.
Yuqorida aytilganidek, asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi. Bu yerdagi asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
- undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar;
- hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi foyda;
- ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar;
- da’vo muddati o’tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
- tovar-moddiy boyliklarni qayta baholash;
- davlat subsidiyalaridan daromadlar;
- xolisona moliyaviy yordam;
- boshqa muomala daromadlari.
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar 9310-9390 schyotlarda aks ettiriladi. Ushbu schyotlar tranzit hisoblanadi. Yuqoridagi schyotlarning kredit oboroti foyda (daromad)ning ko’payishini, debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin