Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə117/195
tarix23.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#101722
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

(F x A) / 100,
bunda:
- tayyor mahsulot tarkibidagi spirt (o’tkirligi), foizlarda (undan spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qat’i nazar);
A - aktsiz solig’ining qat’iy stavkasi, o’lchov birligiga so’mlarda.
 tayyor mahsulot birligiga aktsiz solig’ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot bo’yicha (kam spirtli vino, shampan vinosi, vino materiallari, etil spirti, pivo, o’simlik (paxta) yog’i va tamaki sulotlari):
S x A,
bunda:
- tegishli o’lchov birliklarida sotilgan mahsulotning fizik hajmi;
A - aktsiz solig’ining qat’iy stavkasi, o’lchov birligiga so’mlarda.
boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo’yicha:
(O x A) / 100,
bunda:
O - o’z ichiga aktsiz solig’ini oladigan narx, qo’shilgan qiymat solig’isiz;
A - aktsiz solig’i stavkasi, foizlarda.
Aktsiz markalari bilan markalangan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’i belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi. Bunda aktsiz markalarining nominal qiymati aktsiz solig’ini to’lash hisobiga kiritilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi Qaroriga (2016 yil 27 dekabrь, PQ–2699-son) binoan O’zbekistonda ishlab chiqariladigan ayrim tovarlar uchun aktsiz solig’i stavkalari indeksatsiya qilindi.
Aktsiz solig’i stavkalari advalor (muayyan narxga nisbatan foizlarda) ko’rinishda va qat’iy belgilangan (mahsulotning muayyan hajmi yoki miqdoriga nisbatan pul birligida belgilangan) bo’ladi. Respublikamizda ishlab chiqariladigan mahsulotlarga nisbatan aktsiz solig’ining indeksatsiya qilinadigan qat’iy belgilangan stavkalari amal qiladi.
Buxgaletriya hisobida byudjet bilan hisob-kitoblar 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» schyotida yuritiladi, yozuvlar to’lov turlari bo’yicha alohida-alohida olib boriladi. Bu schyotning kredit tomonida to’lov turlari bo’yicha byudjetga ajratmalar ko’rsatilsa, debet tomonida ajratmani byudjetga to’langan qismi aks ettiriladi.
Korxona va xo’jalik sub’ekti tomonidan byudjetga ajratilgan to’lovlar sumaasini to’lov me’yorlarini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiladi. Byudjetga to’lovlar (to’lov turlari bo’yicha) ajratilganda «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» schyoti kreditlanib, mahsulotni sotish bilan bog’liq turli byudjetga qarzdorlik summasiga debet «haridor va byurtmachilardan olinadigan schyotlar» deb buxgalteriya yozuvi beriladi.
Agar byudjetga to’lovlar bevosita ishchi va xizmatchilarning ish haqidan ushlab qolingan summasiga debet «mehnat xaqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyoti, kredit «Byudjetga to’lovlar bo’ycha qarzlar» schyoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi, byudjetga bo’lgan qarz summasi korxona tomonidan to’langanda debet «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» schyoti, kredit «Hisob-kitob schyoti» deb buxgalteriya yozuvi beriladi. Demak, «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» schyotining kredit tomonidja byudjetga to’lanadigan summalar, debetida esa to’langan summalar ko’rsatiladi.
Korxona va xo’jalik sub’ektilarda sug’urta bo’yicha to’lovlar amalga oshiriladi, sug’urta bo’yicha to’lovlar hisobi 6510 «Sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning kredit tomonida sug’urta xo’jalik sub’ektiga ajratilgan ajratmalar ya’ni qarzlar, debet tomonida qarz summalarini to’lanishiga ko’rsatiladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin