Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə122/195
tarix23.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#101722
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   195
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

2.Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish.
Xo’jalik muomalalarini o’rganishdan boshlab to moliyaviy hisobotni tuzish va schyotlarni yopishgacha bo’lgan hisob jarayonlarining ketma-ketligi Hisob tsikli deyiladi.
Buxgalter moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun faqat hisob jarayoniga xos bo’lgan tadbirlarni amalga oshirishi kerak. U amalda asosan uchta muhim muammoni hal etadi:

  1. Xo’jalik muomalasi qachon ro’y bergani (sana)ni aniqlaydi;

  2. Bo’lib o’tgan xo’jalik muomalasining qiymat ko’rinishi qanday ekan-ligini (summani) o’rnatadi:

  3. Uni qanday turkumlash kerak ekanligini belgilaydi.

Buxgalter tayyorlagan ma’lumotlar ana shu savollarga javob berishi shart. Buni misol yordamida ham ko’rish mumkin: masalan korxona xaridorga nasiyaga mahsulot sotdi. Buxgalter yuk xatini rasmiylashtirayotib, sotish muomalasi bo’lib o’tgan sanani qayd qiladi. Yuk xatida sotilgan mahsulot qiymati ham ko’rsatiladi. Bo’lib o’tgan xo’jalik muomalasini ikkiyoqlama yozuv orqali aks ettiradi: bir to-mondan sotishni aks ettiradi, ikkinchi tomondan ushbu muomala bo’yicha xari-dorning debitorlik qarzini yozib qo’yadi. Xullas, yuqoridagi uchta muammoni hal qila borib, buxgalter hisobot davri davomida ana shunday tadbirlarni uzluksiz ravishda, o’zaro bog’liqlikda amalga oshirib boradi.
Moliyaviy hisobot tuzish uchun buxgalter amalga oshiradigan tadbirlarning o’ziga xos ketma-ketligi mavjud. Buxgalter ana shu tadbirlarni birin-ketin baja-rib, moliyaviy hisobotlarni tuzadi va foydalanuvchilarga taqdim etadi. Buxgal-terning hisobni yuritish jarayonida amalga oshiradigan tadbirlari ma’lum bir ketma-ketlikda bajarilishi shart bo’lgani sababli ana shu tadbirlar hisob tsikli qadamlari deyiladi.
Hisob tsikli moliyaviy hisobotlarga olib keladigan davom etuvchi kadamlarning turkumi hisoblanadi.Bu tsikl har hisobot davrida (odatda yilda bir mar-ta) takrorlanadi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ishlatiladigan texnikaga bog’liq holda, hisob tsiklining ayrim qadamlari qo’shiladi yoki ayrim hollarda tushirib qoldiriladi. TSiklning tezligi va to’g’riligini oshirish uchun ko’pchilik tizimlar kompьyuterlashtirilgan. Buxgalterlar ko’p hollarda ushbu qadamlarning bir nechtasini bajarish uchun ish jadvallari, jurnallardan foydalanadilar. Hisob tsikli ketma-ket amalga oshiriladigan qadamlardan iborat bo’lib, har bir qadam ma’lum bir maqsadni ko’zlaydi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin