2-bosqich. Muqobil harakat variantlarini qidirish Bu bosqichda maqsadga erishishning strategiyasi belgilanadi. Masalan, agar kompaniya oldiga yakin 3 yil ichida sotish hajmini oshirish va bozordagi mavqeini mustahkamlash vazifasi qo’yilgan bo’lsa, bu maqsadga erishishning turli yo’llari izlanadi.Bunday yo’llar sifatida quyidagi harakat variantlarini keltirish mumkin:
▪ mavjud bozorga yangi mahsulotlarni taklif qilish;
▪ yangi bozorlarga mavjud mahsulotlarni taklif qilish;
▪ yangi bozorlarga yangi mahsulotlarni taklif qilish
3-bosqich. Muqobil harakat variantlari to’g’risida ma’lumot yig’ish Maqsadga erishish va kompaniya oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish tavsiya etilayotgan muqobil variantlardan birini tanlab olish maqsadida ular to’g’risida har taraflama ma’lumotlarni yig’ish taqazo etiladi. CHunki aksariyat qarorlar noaniqlik va ko’plab cheklovlar mavjud bo’lgan sharoitda qabul qilinadi. qarorlar qabul qilish jarayonida ayniqsa nazorat qilib bo’lmaydigan omillar ta’sirini o’rganish alohida e’tiborni talab qiladi. Bunday omillar sifatida, o’ta yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari, sezilarli inqiroz darajasi, biznes olamida ishchanlik darajasining pasayganligi, raqobat darajasining o’zgarganligi va boshqalarni keltirish mumkin.