Jami 18000 m.so’m Buyumlarni tugallanish darajasini aniqlash ancha qiyinchilik tug’diradi. Masalan: material qiymati mahsulotga jarayonning boshida o’tkazilgan bo’lsa, mehnat va ishlab chiqarish ustama xarajatlari jarayon ichida kelib boriladi. Bunday holatda tannarxni tashkil qiluvchi har bir ishlab chiqarish xarajati bo’yicha kalьkulyatsiya tuzib chiqish lozim.
Jarayonga olib borilgan ish haqi va ishlab chiqarish ustama xarajatlarning summasi «ishlov qiymati» deb yuritiladi.
Material xarajatlar jarayon boshida kiritiladi va ishlov qiymati jarayon ichida bir tyokisda qo’shib boriladi. Tugallanmagan ishlab chiqarishning tayyorgarlik darajasi 50% darajada baholanadi. «B» jarayonga o’tkazilgan mahsulot va davr oxiriga qolgan TICH tannarxini aniqlash talab kilinadi.