Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 1 Mb.
səhifə10/100
tarix08.11.2022
ölçüsü1 Mb.
#67939
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Marketing asosiy tamoyillari nimadan iborat?
2. Marketingni asosiy vazifalari qanday?
3. Marketingni funktsiyalarini tushuntirib bering.
4. Talabning holatiga ko’ra va bozorni rivojlanishiga ko’ra marketingni qanday turlarini bilasiz?
5. Talabni bashorat qilishning qanday uslublaridan foydalaniladi?
a) dinamik qator yekstrapolyatsiyasi, interpolyatsiya, ekspert baholash, iqtisodiy - matematik modellashtirish, tarkibiy modellashtirish, iqtisodiy - statistik uslublar
b) tarkibiy modellashtirish
v) iqtisodiy - statistik modellashtirish
g) ekspert baholash, iqtisodiy - statistik uslublar
d) dinamik qator interpolyatsiyasi
6. Tovarga (xizmatga) bo’lgan talab marketing kategoriyasi sifatida- bu:
a) mahsulotning aniq ko’rinishidagi muhtojlik
b) tovarga (xizmatga) bo’lgan ehtiyoj
v) iste’molchilar tomonidan to’lovga kodir bo’lgan tovarga ehtiyoj
g) hamma javoblar to’g’ri
d) to’g’ri javob yo’q

  1. Demarketingni amalga oshirish shunda maqsadga muvofiq bo’ladiki:

a) talabni yo’qligi
b) talabni holati juda ham katta
v) talabni negativ holati
g) hamma javoblar to’g’ri
d) to’g’ri javob yo’q



  1. Negativ talab holatini amalga oshirishdagi marketing turi qanday?

a) qo’llab - quvvatlovchi
b) konversion
v) rivojlanuvchi
g) hamma javoblar to’g’ri
d) to’g’ri javob yo’q


3- MAVZU. MARKETING FAOLIYaTINI AXBOROT BILAN TA’MINLASH

    1. Marketingda axborotni o’rni. Axborot tizimi.

    2. Axborot turlari va ularni turkumlash.

    3. Axborotni to’plash uslublari.

    4. To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash.



3.1. Marketingda axborotni o’rni. Axborot tizimi.
Marketing faoliyatiga xos bo’lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo’ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo’ladi va rivojlanib boradi.
Marketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va to’g’ri axborotni to’plash, tartibga solish, tahlil qilish, kuzatish natijasida marketing sohasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam ko’rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi o’zaro mushtarak bog’langan elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi.
Marketingni axborot manbalari quyidagilardan iborat: yillik statistik ma’lumotlar; korxona (firma) hisobotlari; tadbirkorlar uyushmasi axborotlari; tarmoqlar axborotlari; birja axborotlari; bank axborotlari; ma’lumotlar to’plamlari; sud qarorlari; korxonangizning ish korrespondentsiyalari; partiyalar tashviqotlari; ye’lonlar, prospektlar, kataloglar; tanlov natijalari; aktsiya kurslari jadvallari; korxona rahbariyati majlislari bayonnomalari; axborot-analitik byulletenlari; radio hamda televidenie yangiliklari; voqealar sharhlari; iqtisodiyot yangiliklari; maxsus kitob va jurnallar; lug’atlar, yentsiklopediyalar; kundalik gazetalar va hokazolar.
Axborotni to’plash va undan foydalanish jihatlariga ko’ra axborot tizimini to’rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga 1)tashkilot ichki hisobot tizimi, 2) marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, 3) qaror qabul qilishni quvvatlovchi tizim, 4) marketing tadqiqoti tizimi kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida axborotga bo’lgan ehtiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni taqdim etish tartibi va muddati muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin