Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Tashkilot ichki hisoboti tizimi



Yüklə 1 Mb.
səhifə11/100
tarix08.11.2022
ölçüsü1 Mb.
#67939
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

1. Tashkilot ichki hisoboti tizimi muayyan firma faoliyatining joriy xarajatlari, sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldigi, mavjud va kelishi kutilayotgan xaridorlar, ta’minlovchilar ko’lami va boshqa marketing faoliyatiga bog’liq bo’lgan axborotning o’z vaqtida jamlanishini, qayta ishlashini va undan foydalanishni nazarda to’tadi. Masalan, firma miqyosida ichki hisoboti tizimi quyidagi talablar asosida shakllanadi. Joriy yakunlanayotgan kun so’ngida firma do’konidagi savdo zalida har bir tovar guruhi miqyosida qanday zahiralar qoldi, bir kunda sotuv hajmi va qaysi turdagi (assortiment) tovarlar uchun ta’minlovchilarga buyurtma berish kerak va shunga o’xshash operativ axborot olish zaruriyati paydo bo’ladi. Bu yerda muhim o’rinni ushbu axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida yig’ilishi, umumlashtirilishi egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror qabul qilishda samarali ahamiyat kasb etadi. Demak, axborotga bo’lgan ehtiyojni o’z o’rnida va aniq belgilash hamda firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini avvalroq belgilab olish lozim.
2. Marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi marketing va tijorat faoliyatiga xos bo’lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar natijalaridan tashkil topadi.
Kundalik matbuot (ro’znoma va maxsus jurnallar), ta’minotchi va iste’molchilar bilan bo’lgan muloqot natijalari, reklama ye’lonlari va boshqalar bevosita xabarnomani olish manbai bo’lishi mumkin. Ushbu sohaga oid xabarlar va tahliliy ma’lumotlarga bo’lgan talab ortib borishi natijasida ayrim firmalar hatto shu sohaga ixtisoslashdilar. Masalan, AQSHda «Market riserch korporeyshn of Amerika» kompaniyasi haftalik jurnalida tovarlar bo’yicha bozordagi ulushining o’zgarishi, tovarlarning narxi va qadoqlashdagi o’zgarishlar, shartnomalar xususida axborot beradi. «A.K.Nilson kompani» nafaqat AQSHda, balki Germaniyada ham o’z bo’limiga ega bo’lib, antiqa tovarlar bo’yicha bozor ulushining holati, chakana narxlar, savdo qilayotgan yirik tashkilotlar xususida xabarlar yetkazadi. Germaniyadagi «CFH» tadqiqot markazi («CFH» kompaniyasining sho’’ba korxonasi) 5 000 uy xo’jaliklari iste’molidagi o’zgarishlar bo’yicha axborot beradi.
Demak, marketing tashqi xabarnoma - axborot quyi tizimi - tashkilotning marketing muhitdagi o’zgarishlar va holatlar xususida to’plangan axborot manbai bo’lib, marketing boshqaruvchilari uchun qay yo’sinda ushbu muhitga ta’sir etish imkonini beradi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin