investitsiyalangan kapital: 4 680 000 ming pul birl.;
kutilayotgan rentabellik: 5 %;
1 dona uchun o’zgaruvchan xarajatlar: 978 pul birl.;
doimiy xarajatlar: 1560 ming pul birl.;
sotish bashorati: pessimistik-78 ming dona;
optimistik-156 ming dona.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida narxni hisoblang:
a) oxirgi;
b) zararsizlik;
v) maqsadli.
Har bir narx varianti bo’yicha korxona faoliyati natijalarini aniqlang.
7-masala Savdo firmasi 250 so’mdan tovar xarid qilmoqda va o’rtacha 300 dona ushbu tovarni 300 so’mdan sotadi. Agar firma bir xaftaga narxni 10 %ga tushirishga kelishgan bo’lsa, o’zini yalpi foydasini saqlab qolishi uchun qancha mikdorda mahsulot sotish kerak?
8-masala Yukori narx elastikligini tavsiflovchi talab bilan firma tovar sotayapti, sotish xajmi yiliga 30 000 ta mahsulotni tashqil qiladi.
Narx tuzilishi bunday:
Bitta mahsulot uchun sof xarajatlar -9,9 ming so’m;
Bitta mahsulot uchun doimiy xarajatlar -3,3 ming so’m;
Jami -13,20 ming so’m;
Sotish narxi - 6,60 ming so’m. Firma o’z oldiga sotish xajmini 3000 taga o’stirishni masala qilib qo’ydi va bu maqsadlar uchun yiliga 39 mln. so’m reklama byudjetini ajratdi.
Foyda o’zgarmay qolganda narxni minimal olishi qanday bo’ladi?
9-masala A va B – bular firmani ikkita bo’limidir. A bo’limi «A» markali tovarni quyidagi iqtisodiy tavsifnomalar bilan ishlab chiqaradi:
tugri moddiy xarajatlar-6 ming so’m
ish xaki - 4 ming so’m
doimiy xarajatlar -2 ming so’m
jami -12 ming so’m
«A» markali tovar sof raqobat sharoitida sotilmoqda: bozor narxi 16 ming so’mga teng. Bundan tashqari bu mahsulot B bo’limda sotilmoqda. Bozorda sotish xarajatlari bitta mahsulotga 2 ming so’m razmerini talab etadi. «A» markali mahsulotga umumiy talab juda yuqori bo’lgan sharoitda va A bo’limining ishlab chiqarish kuvvati to’liq yuklangani xolda, A bo’limi «A» markali mahsulotini qanday narx bo’yicha B bo’limiga sotish kerak?