O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYaSI” FAKULЬTETI
“SANOAT ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH” KAFEDRASI
“MARKETING”
fanidan
Bilim sohasi: 300000 – Ijtimoiy fanlar, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi: 340000 – Iqtisod va biznes
Ta’lim yo’nalishi: 5340300 –Marketing (tovarlar va xizmatlar)
GLOSSARIY
Andijon-2018.
GLOSSARIY
Bozor - 1) talab va taklif uchrashadigan joy, bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotning jamoatchilik sezayotgan ehtiyojga mos kelish darajasi aniqlanadi, mazkur tovarning boshqa raqobatchi tovarlar bilan raqobatbardoshligi taqqoslanadi; 2) tovar, xizmat va boshqa mulk turlari bilan almashish sohasi; 3) iste’molchilar guruhi; 4) mazkur tovarning barcha xaridorlari; 5) tashkillashtirilgan savdo joyi; 6) tovar va xizmatlarni olish manbai; 7) qandaydir mahsulot yoki xizmatlarning virtual yoki tabiiy aks ettirilgan mavjud yoki potentsial xaridorlari va sotuvchilari majmui; 8) birja.
Bozor segmenti - taklif yetilayotgan bitta mahsulot turi va marketing kompleksiga bir xilda munosabatda buluvchi iste’molchilar guruhi majmui.
Bozorni segmentlash - bozorni har biri uchun alohida tovarlar yoki marketing kompleksi talab qilinishi mumkin bo’lgan xaridorlarning aniq guruhlariga bo’lish, taqsimlash.
Bozorni tadqiq etish - 1) muntazam ravishda ishlab chiqarish bozorlarini (ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun), ularning mavjud va potentsial iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni ta’minlash qobiliyatini tadqiq etish. Tadqiqotlar sotuv bozori, ishchi kuchi bozori, kapital bozori, hamda xom-ashyo va materiallar bozorini qamrab oladi; 2) bozori sigimi, salohiyati, raqobatchilik muhiti va narx tavsifnomalari to’g’risidagi ma’lumotlarni olish uchun bitta yoki bir nechta bozorlarning sifat va miqdoriy tahlili.
Dostları ilə paylaş: |