Iste’molchining mustaqilligi (suvereniteti) - iste’mol huquqining mustaqilligi, qaram emasligi, huquqning mustaqil yo’nalishi bo’lib, tovar va xizmatlar bozorida iste’molchining manfaatlarini ximoya qilishga qaratilgan qoida va yo’riqnomalar majmuidan iborat.
Kommunikativ siyosat - 1) korxonaning istiqboldagi harakatlar kursi hamda talabni shakllantirish, iste’molchilar ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarni bozorga olib kirish bo’yicha samarali va barqaror faoliyatni ta’minlovchi marketing tizimining barcha sub’ektlari bilan o’zaro harakatlarni tashkil tadbiq kommunikativ vositalar (kommunikativ miks) majmuasidan foydalanish strategiyasining mavjudli. 2) rag’batlantirish majmuasini ishlab chiqish, ya’ni biznes - hamkorliklarning o’zaro aloqalari samarali bo’lishini ta’minlash bo’yicha, tadbirlar, reklamani tashkil etish, savdoni rag’batlantirish usullari, jamoatchilik bilan aloqa va shu kabilar.
Konglomerat diversifikatsiya - firma assortimentini na firmada qo’llanayotgan texnologiyalarga, na ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, na hozirgi bozorga xech qanday aloqasi bo’lmagan mahsulotlar bilan to’ldirish.
Konsyumerizm - iste’molchilar huquqi va manfaatlarini ximoya qilish bo’yicha tashkil qilingan harakt, iste’molchilar xavfligi, ularning iqtisodiy manfaatlarini muxofaza qilish, sifatsiz tovar ishlab chiqarish girrom raqobatchilikkka va qarshi ko’rash bilan bog’liq bo’ladi.
Kontsentrik (markazlashtirilgan) diversifikatsiya - firma assortimentini mavjud tovarlarga texnik va marketing nuqtai nazaridan o’xshash bo’lmagan mahsulotlar bilan to’ldirish.
Korporativ reklama - aniq bir tovar markasiga emas, balki to’liq tovarlar assortimentiga ehtiyoj yaratuvchi reklama.
Makromuhit - firmaning marketing muhiti tarkibiy qismi, ijtimoiy jihatdan mikromuhitga ta’sir ko’rsatuvchi kuchlarga qaraganda keng ifodalanuvchi omillar, masalan, demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnik, siyosiy va madaniy omillar.
Maqsadli bozor - u yoki bu mahsulotni sotish bozorini tadqiq etish natijasida tanlangan, marketing xarajatlarining minimalligi bilan tavsiflanuvchi va firma faoliyati natijalarining asosiy ulushini (qismini) ta’minlovchi bozor.
Dostları ilə paylaş: |