Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1 Mb.
səhifə56/100
tarix08.11.2022
ölçüsü1 Mb.
#67939
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Marketing qarori - 1) iste’molchilarning tovar va xizmatlarga talabini barqaror shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo’lgan marketing tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, tovar va xizmatlarning raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki yaxshilash uchun marketing tizimi sub’ekt va ob’ektlariga maqsadli yo’naltirilgan ta’sir ko’rsatish.
Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing vazifasini bajarishning ko’rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko’plab variantlari orasidan tanlab olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik ko’rsatkichi; 2) marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining iqtisodiy samara keltirish qobiliyati.
Marketing majmuasi (marketing - miks) - marketing retsepti, undan foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof-muhitdagi o’zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko’rsatkichlarga erishishga imkon beradi. Eng sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va kommunikatsiya siyosati sohasida (4R:Rroduct, Price, Plase, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar o’tkazishni talab qiladi.
Marketing modellari - 1) foyda olish yoki uni ustirish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo’yicha o’zaro aloqalar jarayonida marketing tizimi sub’ektlari xulq-atvorini ko’rsatish, sifat va sonlar jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyihalashtirish, rejalashtirish, tashkil etish, faoliyat ko’rsatish va rivojlanishda marketing muhiti va sub’ektlarining funktsional, sabab-oqibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi (imitatsiya, regressiya, korrelyatsiya va h.k.) modellar majmui; 3) marketing-miks yoki uning tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx xosil bo’lish modeli, reklama modeli va h.k.).
Marketing o’zaro aloqalari - 1) xizmat ko’rsatish tadbirkorligining tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida barcha bozor sub’ektlari bilan aloqalarni rejalashtirish, tashkil tadbiq boshqarish jarayonida barcha faoliyat turlari va resurslarni qamrab olishga yo’naltirilgan istiqbolli kontseptsiyasi. Mijoz bilan uzoq muddatli o’zaro munosabatlarga va bitimda ishtirok yetuvchi tomolar maqsadlarini qondirishga yo’naltirilgan kontseptsiya; 2) bajarish ma’suliyatini taqsimlash va kengaytirish tamoyillari bo’yicha marketingni tashkil etish usuli.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin