Multimedia-texnologiyalar - 1) reklama faoliyatini rejalashtirish, tashkil tadbiq boshqarish jarayonida foydalaniluvchi zamonaviy audio-, tele-, vizual va virtual kommunikatsiya vositalari majmui; 2) marketingni boshqarish tizimini tashkil etish tizimiga kiritiluvchi tovar va xizmatlarni harakatlantirish usul va vositalari.
Narx xosil bo’lishi usullari - mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda qo’llanuvchi usullar. Xarajatlarga asoslangan, xaridorlar liniyasiga asoslangan va raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud.
Narx siyosati - narxni va narx xosil bo’lishini boshqarish tadbir va strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor kon’yunkturasiga mos keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani keltiruvchi narx belgilash san’ati.
Urov (upakovka) - 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, material. Tovar ishlab chiqarilgandan so’ng uning xususiyatlarini saqlash hamda yukni tashishda qulaylik yaratish uchun mo’ljallanadi; 2) muhim reklama manbai.
Press-reliz- gazeta va jurnallar, tele va radio redaktsiyalari ularni qiziqtirayotgan ma’lumotlarni olishi mumkin bo’lgan byullenten, pablik rileyshnz vositasi.
Prognozlash (bashorat qilish) usuli - o’rganilayotgan ob’ektning utmishdagi va hozirgi ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan ilmiy asoslangan oldindan ko’ra bilish. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga asoslangan qisqa muddatli (1,5) yilgacha, O’rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud. Taqdim etish shakliga ko’ra, miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot ob’ektlarini qamrab olish bo’yicha umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi.
Raqobat - 1) alohida shaxslar O’rtasida har biri o’zi uchun shaxsan erishini maqsad qilgan bitta yo’nalishdagi, xususan tadbirkorlar O’rtasida kattaroq foyda olish, savdo bozori, xomashyo manbalari uchun ko’rash; 2) moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, sotish va iste’mol qilsh jarayonida bozor tizimi sub’ektlarining kommunikatsiyasi, ko’rashi, o’zaro aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor munosabatlarining tartibga soluvchisi, FTT va jamoatchilik ishlab chiqarishining samaradorligini kuchaytirish stimulyatori.