Bozorning raqobatchilik haritasi - 1) raqobatchilarini bozorda egallab to’rgan o’rniga ko’ra tasniflash; 2) bozorda raqobatchining o’rnini nazorat qilish imkonini beruvchi raqobatchilar ulushini taqsimlash. Aniq tovar bozorlarida raqobatchilarning o’rnini talil qilish natijasida aniqlanadi.
Brending - marketing kommunikatsiyalari tizimining firma stili va uning elementlarini ishlab chiqish, firmani raqobatchilardan ajratib turuvchi o’ziga xos imijini yaratish sohasi
Gorizontal diversifikatsiya - firma assortimentini ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog’liq bo’lmagan, biroq mijozlarning qiziqishini uyg’otishi mumkin bo’lgan mahsulotlar bilan to’ldirish.
Demping - tovarni O’rtacha bozor narxidan arzon, ba’zida hatto o’z tannarxidan arzon narxda sotish. Ko’pchilik garb mamlakatlarida milliy ishlab chiqaruvchilar foydasini ximoya qiluvchi va aksari hollarda boshqa mamlakatlardan raqobatning kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib kirishni ta’kiklovchi antidemping qonunlar amal qiladi.
Diversifikatsiya - 1) tovar strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sonini kengaytiradi; 2) yangi bozorlarni egallab olish va qo’shimcha foyda olish maqsadida ishlab chiqarishning bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan ikki yoki undan ortiq turini bir vaqtning o’zida kengaytirish va rivojlantirish.
Imij- tovar obrazi, uning biron narsani eslatishi, o’xshashi va aks ettirishi, tovar bozori iqtisodiyotiga chambarchas bog’liq bo’lgan ijtimoiy-psihologik holat. Tovar imiji tovarning repo’tatsiyasi, tovar markasi, tovar ishlab chiqarilgan korxona va mamlakat bilan assotsiatsiyalashadi.
Informatsiya (axborotlar, ma’lumotlar) - 1) ishlarning ahvoli haqida xabardor qilish; 2) tadbirkorlik, marketing va boshqa faoliyat turlari oldida to’rgan vazifalarni bajarishda yordam berishi mumkin bo’lgan turli xil bilim va ma’lumotlar; 3) marketing tizimi sub’ektlarining o’zaro munosabatlar jarayonidagi bevosita va teskari aloqa natijalari tavsifnomasi; 4) turli xil yenergiyalarning o’zaro aloqalari natijasi.