Sanoat korxona (firma)lari o‘rtasidagi ishlab chiqarish іqtisodiy aloqalarining turlari va ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari. Korxona strategiyasini hal etishda ishlab chiqarishni ilmiy-texnik tayyorlashning o’rni
Sanoat korxona (firma)lari o‘rtasidagi ishlab chiqarish іqtisodiy aloqalarining turlari va ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari. Korxona strategiyasini hal etishda ishlab chiqarishni ilmiy-texnik tayyorlashning o’rni. Fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni intensiv rivojlantirishning asoslaridan biridir. Fan-texnika taraqqiyoti iqtisodiyotni (intensiv) rivojlantirishning hamma omillariga muayyan ta‘sir ko‘rsatadi, mehnat resurslaridan, ishlab chiqarishning asosiy fondlaridan, moddiy resurslaridan oqilona foydalanish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga erishish imkonini beradi. Bu nima bilan izohlanadi?
Birinchidan, aynan fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligini oshirishning, mahsulot birligi hisobidan xarajatlarni kamaytirishning hamda ishlab chiqarishda band bo‘lgan har bir hodim hisobiga uni ishlab chiqarishni ko‘paytirishning asosiy manbaidir. Mehnat samaradorligining o‘sishi bilan bir vaqtda mehnatni va ishlab chiqarishni ilg‘or darajada tashkil etish chiqarilayotgan mahsulotning va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga faol ta‘sir ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish vositalari-mashinalar va asbob-uskunalar, binolar va inshootlar, xom-ashyo va materiallar yoqilg‘i va energiya tarkibida bo‘lgan ashyolashtirilgan mehnatni yanada samaraliroq qo‘llash uchun qulay sharoit yaratib beradi. Yangi samarali mashinalarni yaratish imkonini beradi.
Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi.
Yuqori unumli texnika yirik ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish sharoitida katta samara beradi. O‘z navbatida faqat yirik korxonalarda va ishlab chiqarish birlashmalarida fan va texnologiyani jadal takomillashtirishni ta‘minlovchi kuchli ilmiy tadqiqot va loyihalash konstruktorlik bo‘linmalarini tashkil etish mumkin.
To‘rtinchidan, fan-texnika taraqqiyoti mehnat xarakterini o‘zgartirish va uni yengillashtirish, uni ijodiy mazmun bilan boyitish kabi ijtimoiy-iqtisodiy vazifani hal etishni ta‘minlaydi.
Zamonaviy sharoitlarda har bir ishlab chiqarish korxonasi bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqori samaradorlikka erishish uchun muntazam ravishda innovatsiyalarni joriy etib borishi zarur. Innovatsiya – ishlab chiqarishda yangi o‘zlashtirilayotgan material, mahsulot yoki texnologiya hisoblanadi.
Innovatsiyalarni joriy etish ishlab chiqarishning barqarorligini buzadi, lekin shu bilan birga yangi sharoitga o‘tishga sharoit yaratadi.
«Ishlab chiqarishni tayyorlash» tushunchasi juda keng tushuncha bo‘lib, u turli xil boy xususiyatlarga hamda belgilarga egadir. Shuning uchun ham uning hamma tomonlarini hisobga oluvchi tushuncha berish qiyin.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash yangi turdagi mahsulotlarni yaratish va keng miqyosda ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni ta‘minlaydigan texnik, tashkiliy va iqtisodiy tadbirlar majmuyi.
Innovatsiya - ishlab chiqarishga birinchi marta joriy etilgan material, mahsulot yoki texnologiyalardir. Ishlab chiqarishni tayyorlash iste‘molchilarning o‘sib boruvchi extiyojlarini qondirish maqsadida innovatsion mahsulotlarni yaratish va sotish qilish borasida jamoalarning faoliyatidir.
Ishlab chiqarish tayyorlash ikki bosqichdan o‘tadi :
1) Ilmiy tadqiqotlar sikli;
2) Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash;