Sanoat korxonalarida elektr energiya sifat koʻrsatkichlarini tadqiq etish



Yüklə 458,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix18.06.2023
ölçüsü458,25 Kb.
#132269
1   2   3   4   5
sanoat-korxonalarida-elektr-energiya-sifat-ko-rsatkichlarini-tadqiq-etish

Keywords: Industrial power grid, electricity quality, quality assessment, energy 
quality decline, impact of quality decline on enterprise performance, voltage 
fluctuations, energy spectrum, frequency range, energy efficiency, study of technical 
solutions.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
192


KIRISH 
Maʼlumki Respublikamiz hududida faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalari 
bugun elektr energiyasining asosiy isteʼmolchilari sanaladi. Umumiy qiymatda ishlab 
chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 55% sanoat korxonalaridagi ishlab 
chiqarish jarayonida sarflanadi. Sanoat korxonalarida elektr energiyaning asosiy 
isteʼmolchilari bular kompryessorlar, ventilatorlar, nasoslar va koʻtarma - transport 
qurilmalar 10kV kuchlanishda, stanoklar, elektr mashinalar 660-380-220V, elektr 
pechlari, elektr qurilmalar kuchlanishi 1000 V ha ega boʻlgan qurilmalari. Bugungi 
kuning dolzarb mavzusi tabiiy resurslarni tejash maqsadida energiya samaradorligini 
oshirishga qaratilgan boʻlsa, elektr energiyasini samaradorligini belgilab beruvchi eng 
birinchi koʻrsatgich elektr energiya sifat koʻrsatkichlaridir.
Elektr energiyasining sifat koʻrsatkichi - isteʼmolchi qurilma zimmasidagi 
vazifasini toʻla toʻkis ado etishi uchun zarur sharoitdagi energiya qiymatidir. Elektr 
energiyasi sifat koʻrsatkichlarini yaxshilash nafaqat energiya samarasiz sarf boʻlishini 
oldini oladi balki aynan yuqorida taʼkidlab oʻtgan sanoat korxonalarining yirik 
energiya isteʼmolchi qurilmalarning uzoq vaqtgacha xizmat qilishini kafolatlaydi va 
ishlab chiqarish jarayonidagi noqulayliklarning oldi olinadi. Nega aynan sanoat 
korxonalaridagi elektr energiyasini sifatini tatbiq qilish, texnik taʼminot 
oʻzgartirishlarni kiritish zarur? birinchi navbatda sanoat zonalaridagi xavfsizlikni 
taʼminlash maqsadida. Birgina neft kimyo korxonalaridagi ventilatorlarda energiya 
sifatidagi oʻzgarish tufayli ventilatorlar soniyalarda faoliyatini toʻxtatsa korxonada 
ommaviy zaharlanish xavfi mavjud. Shunday ekan bu sohani tatbiq etish doimiy 
talabgor yoʻnalishlardan biri. Shuningdek elektr energiyasini sifat koʻrsatkichlarini 
oshirish muammosini hal qilishda, iqtisodiy, texnik, matematik jihatlarni tahlil qilish 
zarur. Sanoat korxonalarida elektr energiyasini sifat qiymati uning kuchlanishi va 
chastotalar olishi, oʻzgarish koʻlami elektr qiymatlarining nosinusoidalligi, 
kuchlanishlar nosimmyetriyaligiga qarab aniqlanadi. Bu koʻrsatgichlarning nominal 
qiymatdan ogʻishi ishlab chiqarish jarayonida mexanizmlar vaqtidan oldin eskirishi, 
mahsulotlar sifatining buzilishi, jarayon kechikishi, samaradorlik pasayishiga olib 
keladi.
Sifat koʻrsatkichlariga taʼsir etuvchi omillar: ekologik omillar (harorat, namlik, 
havo tarkibi) mexanik omillar(oʻtkazgichlar turlari, oʻtkazgich tarkibi, elektr 
uzatgichlar, elektr taqsimlovchilar)Jarayon omillari (ishlab chiqarish jarayonidagi 
yuklamalarining oshib ketishi, ish rejimining nomutanosibligi, tarmoqdagi sifatsiz 
qurilmalar, yaroqsiz stansiyalar, eskirgan ishlab chiqarish mexanizmlari) ular energiya 
sifat koʻrsatkichlari yomonlashuviga va energiyaning samarasiz sarf boʻlishiga 
(masalan elektr issiqlik sifatida sarflanib ketishi) olib keladi.
METODOLOGIYA 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
193


Tadqiqot usullari. Elektr tarmogʻining sifat parametrlarining qiymatlarini 
oʻlchash Toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita usullar yordamida amalga oshiriladi. Lekin 
sifat koʻrsatkichlaridagi ayrim parametrlar borki ularni faqat bilvosita usulda oʻlchash 
mumkin, masalan RMS. Kuchlanish oqimlarning yuqori dozalari ham bilvosita usulda 
oʻlchash mumkin.

Yüklə 458,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin