3-MAVZU SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASI VA MEHNAT GIGIENASINING VAZIFALARI. ZARARLI MODDALARNING XUSUSIYATLARI Reja:
Korxonalarni sanitariya jihatidan sinflanishi.
Sanitariya-maishiy xizmat binolariga talablar.
3. Zararli moddalarning turi va sinflanishi
4. Mikroiqlimni gigienik normalari.
5. Shamollatish va uni turlari.
6. Ishlab chiqarish korxonalarida isitish.
Barcha sanoat korxonalari atmosferaga chiqaradigan ishlab chiqarish zararli chiqindilari (gaz, tutun, chang va b.k.)ga karab SN 245-71 SANPIN-0046-95ga asosan besh sinfga bo‘linadi. Sanitariya jixatidan korxonalarni bo‘linishida asosan bajarilayotgan texnologik jaroyon shartlari, ishlab chiqarish xajmi va atmosferaga chiqarilaetgan zararli chiqindilarni tozalash tadbirlari hisobga olingan bo‘lib, sinflarga bo‘linishi quydagicha:
1-sinfga – Azot bilan bog‘langan ishlab chiqarish (ammiak, azot kislotasi, o‘g‘itlar) xlorli, gidroxlorli karbonvodorodlar, simob, mishyak, fosfor, karbon oltingugurti ishlab chiqarish, quvvati yiliga 1000 tonnadan ortiq bo‘lgan benzol va uni efiri asosida anilin buyoq sanoati xomashyosi ishlab chiqarish, naftalin va antratsen asosida maxsulot ishlab chiqarish (2000 tonnadan yuqori), sulfitli va bisulfitli usul bilan sellyuloza ishlab chiqarish, sun’iy viskoza tolasi, konsentrlangan mineral ug‘it, organik erituvchilar, yog‘lar, sulfat kislota va olium, kalsiy karbidi, atsetilen, kaprolaktam, nitron tolasi, sun’iy kauchuk, sun’iy etil spirti ishlab chiqarish, sian tuzlari, katalizatorlar, sintetik polimer materiallar uchun xomashyolar, sun’iy davolash dorilari ishlab chiqarish, neftni, torfni, yonuvchi slanetsni, toshko‘mirni qayta ishlash korxonalari va boshqalar kiradi.
2-sinfga – Mochevina, tiomochevina, ammiak, tabiiy smola, sun’iy etil spirti, kalsiyli soda (yiliga 400000 tonnadan yuqori), ammiakli, kaliyli, natriyli va kalsiyli selitra ishlab chiqarish, benzol va uni efiri asosida anilin- buyoq sanoati uchun xomashyo (1000 tonnadan kam) olish, sun’iy va sintetik kimyoviy tolalar (kapron, lavsan, xlorin, vinol, anid, enant) ishlab chiqarish, sun’iy charm, neft gazi asosida polietilen, polipropilen olish, yiliga 300 tonnadan yuqori fenol-aldegidlar, poliefirli, epoksidli va boshka smolalar ishlab chiqarish, sellyuloza efiri asosida plastik massalarga organik reaktivlar, murakkab efirlar ishlab chiqarish va boshqalar kiradi.
3-sinfga – Bitum va boshqa maxsulotlar ishlab chiqarish, kalsiyli soda (400000 tonnadan kam) olish, natriy ishqori, mineral tuzlar, plastik massalar (karbolit, xlorvinil va boshkalar), fenolaldegid smolasi asosida press materiallar ishlab chiqarish, rezina buyumlarini vulkanlash, rezina va kauchukni regeneratsiyasi, shinalar tayyorlash, kremniy organik lak, smola va suyukliklar ishlab chiqarish, plastifikatorlar, vinil atsetat, polivinilatsetat, polivinil spirti va emulsiyasi, oliflar, antibiotiklar, yiliga 300 tonnadan kam fenol-aldegid, poliefir, poliamid, epoksid va boshka sun’iy smolalar ishlab chiqarish va boshqalar kiradi.
4-sinfga – Tayyor sellyulozadan qog‘oz olish, glitserin, sovun tayyorlash, molibden va kobalt tuzlarini ishlab chiqarish, yiliga 100 tonnadan kam fenolaldegidli press materiallar tayyorlash, organik erituvchilardan mustasno rezina buyumlar ishlab chiqarish, soatiga 1000 kub. metrgacha neft gazini olish, polivinil xlorid asosida sun’iy charm ishlab chiqarish, mineral sun’iy buyoqlar, parfyumeriya buyumlari, pressli materiallar, sintetik smolalar va plastik massalar asosida buyumlar, sintetik yuvish poroshoklari ishlab chiqarish va boshqalar kiradi.
5-sinfga – Karbon kislota va quruq muz olish, karbon oltingugurti ishtirokisiz rezinani vulkanlash, mexanik ishlash bilan sitetik smola, plastik massalardan buyumlar ishlab chiqarish, siqilgan va suyultirgan vodorod, kislorod olish, karton va kog‘oz ishlab chiqarish va boshqalar kiradi.
Atmosferaga xar xil zararli moddalar chiqaradigan korxonalarni axoli yashaydigan tumanga nisbatdan «shamol yunalishi» tomoniga joylashtiriladi. Muayyan bir joyda esuvchi shamollar yo’nalashini ko’rsatadigan sxemada yoki qurilish qoidasi va normasi QMQ 2-01-01-83 asosida shu turar joy uchun «shamol yo’nalishi» va uning kuchini qaytalanib turishi ifodalanadi. Turar joy iqlim sharoitidan xabar beruvchi xizmatchilar ma’lumotiga asosan yil davomida esayotgan shamolni ma’lum kunlarda yo’nalishi xisoblanadi va u chiziladi. Bir yildagi kunlar soni 100 foiz deb qabul qilinadi va xar bir yo’nalishida shamol esishining qaytalanishi % xisoblanadi. Grafikni tuzish uchun aylana olinib uni teng 8 qisimga bo’linadi va uning o’rtasi koordinat boshi deb qabul qilinadi. Ixtiyoriy qabul qilingan masshtabda %da shamol esishini qaytalanishi belgilanadi. Xosil bo’lgan nuqtalarni o’zaro birlashtiriladi. Grafikda xosil bo’lgan cho’zinchoq tomon shamol esishining asosiy yo’nalashini ko’rsatadi.
Shamol yo’nalishi bilan bir qatorda uning kuchi ham katta ahamiyatga ega, nega deganda yong’in paytida bir binoda xosil bo’lgan yong’in yaqin turgan binoga shamol orqali o’tish mumkin. Shuning uchun yuqorida ko’rsatilgan usulda grafikda shamol kuchini miqdorini asos qilib chizma chiziladi. Bosh loyixalashda «muayyan bir joyda esuvchi shamollar yo’nalishini ko’rsatadigan sxema» chizmaning yuqori chap tomonida chiziladi va shunga asosan ishlab chiqarish xonalarining ko’ndalang o’qlari ya’ni uzun tomonlari shamol esishining asosisi yo’nalishiga paralel yoki 45 da joylanadi.
Sh. –58 kun - 16%
Sh.Sh. – 80 kun- 22,2%
SHARQ – 22 kun - 6,1%
J.Sh. – 18 kun - 5,0%
JANUB – 22 kun– 6,1%
J.G. – 18 kun – 5,0%
GARB – 20 kun – 5,5%
Sh.G. – 122 kun– 31,3%
Rasm. Shamol esishining qaytalanib turish grafigi
Ko’rsatilgan kunlarni foiz ko’rinishi quyidagicha aniqlanadi:
– 100%
58 X
X = 58x100/360 = 16%
Axoli va korxonalar orasida sanitariya-ximoya oraliq (zona) bo‘lishi xisobga olinadi. Bu masofa korxonalarni sanitariya jixatidan sinflarga bulinishiga karab, 1-sinf uchun – 1000 m, 2-sinf uchun – 500 m, 3-sinf uchun – 300 m, 4-sinf uchun – 100 m va 5-sinf uchun – 50 m bo‘lishi kerak. Ba’zi xollarda sanitariya himoya oralig‘i (zonasi) kengligi Davlat sanitariya nazorati inspeksiyasi talabi bilan Davlat qurilish qo‘mitasi bilan kelishilgan xolda 3 martagacha kengaytirilishi mumkin. Sanitariya-ximoya oralig‘ida zararligi bo‘yicha faqat quyi sinfga taaluqli korxonalar va yordamchi binolar (ombor, oshxona, garaj va x.k.) joylashtirilishi mumkin.