Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasining vazifalari. Zararli moddalarning xususiyatlari


ISHLAB CHIQARISH HAVO MUHITIDA ZARARLI MODDALARNI YO‘L QO‘YSA BO‘LADIGAN CHEGARA KONSENTRATSIYALARI (YKBCHK)



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə5/6
tarix24.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#160989
1   2   3   4   5   6
Maruza№3

ISHLAB CHIQARISH HAVO MUHITIDA ZARARLI MODDALARNI YO‘L QO‘YSA BO‘LADIGAN CHEGARA KONSENTRATSIYALARI (YKBCHK)

Texnologik jarayonlarning va ish zonasining zaharli moddalarsiz bo‘lishi kasallik, zaharlanish sodir bo‘lmasligiga asos bo‘lur edi. Aksincha shu sharoitga yoki norma talabiga erishish juda mushko‘l texnik vazifa xisoblanib, uni bajarish katta moddiy xarajatlar sarflanishi bilan bog‘liq. SHunga ko‘ra mehnat gigenasida yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan bezarar konsentratsiyalarni asoslash zaruriyati vujudga keldi.


GOST 12.1.014-89 ning «Ish zonasi havosi» bo‘limida bu konsetratsiya quyidagicha belgilanadi. Ish zonasi havosida zararli moddalarning yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalari 8 soat davomidagi kundalik ishda, xaftasiga 41 soatdan oshmagan mehnat jarayonida,butun ish staji mobaynida ish jarayonida yoki xozirgi va kelgusi avlodlar xayotining keyingi muddatlarida zamonaviy tekshirish usullari bilan aniqlanadigan kasallik yoki salomatlikda chetlanishlar keltirib chiqarmaydigan konsentratsiyalardir.
Yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiya «mg/m3» birligida o‘lchanadi va xozirgi vaqtda 800 dan ortiq moddalar uchun belgilangan. Zararli moddalarni turar joylardagi havo tarkibidagi konsentratsiyasi ishlab chiqarish binolaridagi miqdoriga nisbatan 100 marta kam bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi zararli gaz, bug‘, chang, aerozollar uchun YQBCHK sog‘likni saklash vazirligi tomonidan tasdiqlangan va SN 245-71, SN 4088-86ga kiritilgan.
Mehnat muhofazasi qonunchiligi korxonalarda havo tarkibida zararli moddalarni bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va sanitariya-gigena norma qoidalariga amal qilishni korxona ma’muriyati zimmasiga yuklaydi. Zararli moddalar xavfliligi jihatidan favqulotda xavfli, yuqori xavfli, o‘tacha xavfli va kamroq xavfli guruxlarga bo‘lingan.
SN 245-71, SN 4088-86 ga asosan ba’zi moddalar uchun yul qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiya mg/m3 birligida quyidagicha belgilangan: Simob bug‘i uchun –0,01 mg/m3, mishyak va sian vodorodi-0,1, akrilonitril –0,5, epixlorgidrin, xlor, dimetilamin-10,benzol, metanol, fenol, stirol, ksilol-5,0, vinilatsetat,dimetilformamid, aprolaktam, butanol,furfurol-10, ammiak, naftalin, karbon angidridi, turtxlormetan, metakrilat-20, toluol-50, atseton-200, benzin, kerosin, uaytspirit-300, etanol-1000 mg/m3.
DDT aerozoli uchun –0,1mg/m3, alyuminiy aerozoli-2, nikel-0,5,rux oksidi-5, ishqorlar aerozoli-0,5, oxak, fosforit-6, mineral va shisha tolasi changi –3,0, fenoplast, aminoplast, presporoshoklar-6, asbetli bakelit, rezina-6, neft koksi –5, talt-4,4, polivinilxlorid-30, akrolein – 0,2 mg/m 3 oxaktosh – 6,0, bug‘doy changi – 4,0, un changt –6,0, shakar changi – 10,0, tamaki – 3,0, talk- 4,0, sirka kislotasi – 5,0, choy – 3,0 mg/m 3 va x.z
JADVAL 1
Ishlab chiqarish xonalari ish zonasidagi xavoning xarorati,nisbiy namligi
va xarakat tezligining yo’l qo’yiladigan normalari.

Yil fasli

Ish kategoriyalari

Xavo xarorati,0C

Nisbiy namligi,%

Xarakat tezligi,m/s

Sovuq davr
Illiq davr
Issiq davr



Yengil-1
O’rtacha og’irlikdagi-IIa
O’rtacha og’irlikdagi-IIb
Og’ir-III

Yengil-1
O’rtacha og’irlikdagi-IIa


O’rtacha og’irlikdagi-IIb
Og’ir-III

Yengil-1
O’rtacha og’irlikdagi-IIa


O’rtacha og’irlikdagi-IIb
Og’ir-III

20-23
18-20
17-19
16-19
20-25
21-23
20-22
18-21
18-21

20-30
21-25


21-25
21-25

60-30
60-40
60-40
60-40
60-40
60-40
60-40
60-40
60-40

60-40
60-40


60-40
60-40

0,2
0,2
0,3
0,3
0,2
0,3
0,4
0,5
0,5

0,3
0,4-0,5


0,5-0,7
0,5-1




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin