Zararli moddalar va kasb kasalliklaridan ogoxlantirish.
Odam tanasiga o‘tib uni tuqimalariga kimyoviy, fizik-kimyoviy ta’sir qiladigan, mehnat unumdorligini pasayishiga olib keladigan moddalarni zararli va zaharli moddalar deb ataladi. Ular kimyo sanoati korxonalarida qo‘llanadi va ishlab chiqariladi.
Sanoatda zaharli moddalar odam tanasiga nafas olish yulidan, teridan, ovqat eyilishi vaqtida, ifloslangan suvni istte’mol qilishda o‘tadi va saqlanuvchan zaharlanishga olib keladi.
Kuchli zaharlanish ko‘proq mikdordagi zararli moddalarni tusatdan tanaga o‘tishi bilan sodir buladi. SHuningdek zararli moddalarni tanaga oz-ozdan o‘tishi va yig‘ilishi natijasida kasb kasalliklari kelib chiqadi.
Zararli va zaharli moddalarni ta’siri ularni tarkibiga, tuzilishiga, fizik-kimyoviy xususiyatiga, xossalariga, miqdoriga, tanaga o‘tish yullariga, xolatiga, uchuvchanligiga va suvda, yog‘da eruvchanligiga bog‘liq.
Kimyo sanoati korxonalarida olinadigan, ishlatiladigan moddlar va maxsulotlarni ko‘pchiligi, masalan ammiak gazlar, benzol, benzin, kerosin, karbon vodoroddir spirtlar, efirlar, kislotalar, ishqorlar va boshqalar zaharli hisoblanadi.
Neft maxsulotlari tarkibiga past molekulali karbon vodorodlar molekulyar og‘irligi oshishi bilan ularni zaharlash qobiliyati ortadi. Masalan, butanni ta’siri etandan, etilen esa etandan, atsetilen esa etilendan kuchlidir. Normal tuzilishdagi moddalarga nisbatan tarmoqlangan, zanjirli birikmalar ta’siri kamroq bo‘ladi.
Moddalarni uchuvchanligi kamayib borishi bilan dekan (S10N22)dan boshlab ularni ta’sirchanligi ham kamayadi. Karbon vodorodlar tarkibiga galogenlar kiritish, ularni zaharlash qobilyatini oshiradi, aksincha, gidroksil gurux kiritilishi ta’sirchanlik xususiyatini kamaytiradi.
Karbon vodorodlar molekulasidagi vodorodni nitro (NO2), amino (NH2) guruxlarga almashtirish ularni zaharlash xususiyatini o‘zgartiradi.
Korbon vodorodlar molkulasidagi vodorodni nitro (NO2), amino (NN2) guruxlarga almashtirish ularni zaxarlashxususiyatini o‘zgartiradi. Moddalarni valentligini ortib borishi bilan ularni ta’sirchanligi ham o‘zgaradi. Masalan, 6 valentli xrom 3 valentlikdan, marganets oksidi marganets sulfatdan, temir oksidi temir sulfatdan kuchlidir.
Kimyoviy moddalar vakillarini gomologik qatorini o‘rganish natijalari ko‘pgina o‘xshash moddalar haqida fikr yuritishda, kasallikdan va zaxarlanishdan ogohlantirishda ma’lum darajada yordam beradi. Zaxarli moddalarni suvda, tanadagi suyuqliklarda eruvchanligini oshishi bilan ularning ta’sirchanligi xam ortib boradi. Masalan, suvda eruvchan oq mishyak (As2O3) kuchli zaxar, kam eruvchan (As2S3) zaxarsiz, eruvchan bariy xloridi zaxarli, bariy sulfat esa zaxarsiz va.x.k.
Zaxarli moddalar odam tanasi va ayrim to‘qimalariga bo‘ladigan ta’siriga qarab shartli ravishda 9 guruxga bo‘lingan:
Nerv(asab)zaxarlari: benzin, kerosin, yog‘ spirtlari, korbon vodorodlar, metanol, anilin, vodorod sulfidi, dioksan, ammiak, nikotin, kofein, tetraetil qo‘rg‘oshin, fosforli organik birikmalar va boshqalar misol bo‘ladi. Ular asosan markaziy nerv (asab) sistemasini shikastlaydi.
Jigar zaxarlari: Tarkibida xlor, vrom, ftor, yod bo‘lgan birikmalar misol bo‘ladi. Ular jigar to‘qimasini faoliyatini o‘zgarishiga, qattiq yallig‘lanishiga olib keladi.
Qon zaxarlari: Karbon angidridi, amino-nitro birikmalarning aromatik qatori va hosilalari, fenil gidrazin, mishyak, benzol, toluol, ksilol va boshqalar misol bo‘ladi. Ular qon tarkibini buzilishiga, karboksi va metgemoglobin hosil bo‘lishiga, to‘qimada kislorodni kamayib ketishiga, xatto o‘limga ham olib keladi.
Ferment zaxarlari: ga kiruvchi simob, mishyak, sian birikmalari, fosforli va organik birikmalar (tiofos, metafos) tanani biologik katalizatorlari hisoblanadigan fermentlarni SN guruxlari bilan bog‘lanib ularni faoliyatini buzilishga, zaxarlanishga olib keladi.
Qitiqlovchi, kuydiruvchi zaxarlar yuqori va quyi nafas olish yo‘llarini shikastlaydi, kasallanishga olib keladi. Bunday zaxarlarga xlor, ammiak, azot oksidi, fenol, kislotalar, ishqorlar misol bo‘ladi.
Allergen zaxarlari: Nikel, berilli birikmalari, nitroxlor benzol, piridin birikmalari, ursol va boshqalar tanani reaksion qobilyatini o‘zgartiradi, terini yallig‘lanishga, nafas olish yo‘llarini torayishiga va boshqa kasalliklarga olib keladi.
Konserogen zaxarlari hisoblangan toshko‘mir smolasi, amino va izo birikmalar, xlor benzidin, qurum, qorakuya va boshqalar tanada shish va rak kasalligini hosil qiladi.
Mutagen zaxarlarga etilen amin, etilen oksidi, xlorli karbon vodorodlar, qo‘rg‘oshin va simob birikmalari misol bo‘lib, ular odam va hayvonlar jinsiy organlariga qattiq ta’sir etadi.
Embriotrop zaxarlarga tolid amid va boshqa moddalar misol bo‘lib, ular odam va hayvonlarni tug‘ilishiga salbiy ta’sir etadi. Faoliyatni yo‘q qiladi.
Dostları ilə paylaş: |