Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


 Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

2.2. Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar. 
Korxona faoliyatining yakuniy natijasini belgilovchi muhim omillardan biri 
uning ishlab chiqarish tuzilmasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish tizimining samarali 
tashkil etilishidagina xo‘jalik tizimi o‘zida ishlab chiqarish vositalari va ishchilarni 
birlashtirgan yagona harakatlantiruvchi mexanizmga aylanadi. 
Har bir korxona turli sex, uchastka va xo‘jaliklardan, boshqaruv organlari va 
korxona xodimlariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan tashkil topadi. 
Korxonaning ishlab chiqarish bo‘g‘inlari shuningdek boshqaruv va xizmat 
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘linmalar, ularning soni, ishlovchi xodimlar soni 
umumiy strukturani tashkil etadi. 
Korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalari tarkibiga asosiy mahsulot, asbob 
uskunalar ishlab chiqaradigan, jihozlarni ta‘mirlash, material, xom ashyo va tayyor 
mahsulotlarni saqlash bilan bog‘liq sex va uchastkalar kiritiladi. Korxona 
xodimlariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkiliy bo‘limlarga uy-joy, kommunal 
xo‘jaliklar, bolalar bog‘chalari, oshxonalar, profilaktoriyalar, malaka oshirish 
bo‘yicha o‘quv yurtlari tarmoqlari kiradi. 
Umumiy strukturadan farqli ravishda ishlab chiqarish tuzilmasi ishlab chiqarish 
jarayonini tashkil etish shaklini ifodalaydi va korxona o‘lchamlaridan, sexlar soni, 
tarkibi, salmog‘i, planirovkasi, ishlab chiqarish uchastkalari, ish o‘rinlarining 
tarkibida o‘z aksini topadi. 
Korxona ishlab chiqarish tuzilmasijuda ko‘p omillar ta‘sirida tashkil topadi, 
ishlab chiqariladigan mahsulot turi, xususiyati, konstruksiyasi, ishlab chiqarish 
texnologiyasi, ishlab chiqarish turi, ixtisoslashtirish darajasi, jihozlar va texnologik 
uskunalar xarakteri, ishlab chiqarish masshtabi, ishlab chiqarishga xizmat 
ko‘rsatishni tashkil etish kabilar shular jumlasidandir. 
Ayniqsa ishlab chiqarish tizimining ishlab chiqarish jarayoni xususiyati bilan 
bog‘liqligi diqqatga sazovordir. Chunki, ishlab chiqarish tuzilmasikorxona ishlab 
chiqarish jarayonini tashkil etishning shakli hisoblanadi. Ushbu jarayon 
xususiyatlaridan kelib chiqib korxona ishlab chiqarish tizimida asosiy va 
yordamchi jarayonlarni shuningdek yondosh ishlab chiqarishni ajratiladi. Ba‘zi 


vaqtda yordamchi ishlab chiqarish tarkibida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik ham 
ajratiladi. 
Ishlab chiqarishni tashkil etishda birlamchi bo‘g‘in bo‘lib ish o‘rinlari 
hisoblanadi. Ish o‘rni - ishlab chiqarish maydonining ishchi yoki ishchilar guruhi 
tomonidan maxsus jihoz va uskunalar yordamida ayrim operatsiyalar bajariladigan 
qismi. 
Ish o‘rinlari individual (yakka tartibli) va kollektiv ish o‘rinlariga bo‘linadi. 
Yakka tartibli ish o‘rinida faqat bitta ishchi ishlaydi. Masalan, tokarlik stanogida 
ishlaydigan tokar, tikuv mashinasida ishlayogan tikuvchi. Kollektiv ish o‘rnida bir 
ish o‘rnida ishchilar kollektivi (brigada) faoliyati ko‘rsatadi. Masalan: yig‘uv 
konveyeridagi slesarlar brigadasi. 
Ayrim hollarda ko‘p stanokli ish o‘rinlari ham tashkil etiladi. Bunda bir ishchi 
birdaniga 2 yoki undan ortiq jihozlarni boshqaradi. Masalan: to‘quvchi bir nechta 
to‘quv stanogiga xizmat ko‘rsatadi. 
Ish o‘rinlarining maqsadga muvofiq birlashuvchi ishlab chiqarish 
uchastkalarini tashkil etadi, ya‘ni ishlab chiqarish uchastkasi bir xil turdagi 
mahsulotni ishlab chiqarish borasida texnologik jihatdan o‘xshash ishlarni 
bajariladigan territorial jihatdan ajratilgan ish o‘rinlari majmuidir. Ishlab 
chiqarishda ishtirok etish xarakteriga bog‘liq holda ishlab chiqarish uchastkalari 
asosiy va yordamchi bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish uchastkasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar shu korxonada 
qayta ishlanishga mo‘ljallanadi. 
Korxona ishlab chiqarish tizimida yetakchi o‘rinni sex egallaydi, chunki har bir 
korxona sexlar majmuidir. 
Sex - korxonaning mahsulot yoki uning bir qismini tayyorlash, ishlab 
chiqarishning ma‘lum bir bosqichi amalga oshiriladigan administrativ jihatdan 
chegaralangan bo‘limi. 
Lekin kichik va ba‘zi bir o‘rta korxonalar sexsiz struktura asosida tashkil 
etiladi. Bunda korxona bevosita ishlab chiqarish uchastkalaridan tashkil topadi. 
Sex turi ishlab chiqarish xarakteridan kelib chiqadi.


Sex va ishlab chiqarish uchastkalarining quyidagi turlari ajratiladi. 
1. Asosiy sex yoki uchastkalar. 
Bu bo‘linmalarda xom ashyo va materiallarni tayyor mahsulotga aylantirishga 
qaratilgan jarayonlar amalga oshiriladi. 
Masalan: 
mashinasozlik 
korxonalardagi quyish, mexanik, yig‘ish sexlari, tikuvchilik fabrikalaridagi 
tayyorlov - bichuv, tikish sexlari. 
2. Yordamchi sexlar - asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalarining normal faoliyat 
ko‘rsatishini ta‘minlashga xizmat qiladi, asbob- uskuna bilan ta‘minlash, energiya 
bilan ta‘minlash, jihozlarni ta‘mirlash va h.k. 
Yodamchi sexlarga asbob-uskuna, ta‘mirlash, energetika, transport sexlari. 
3. Xizmat ko‘rsatuvchi sexlar va xo‘jaliklar ishlab chiqarishga ma‘lum turdagi 
xizmatlarni ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Ularning tarkibiga ombor, transport 
xo‘jaliklari, sanitar-texnik moslamalar (suv ta‘minoti tarmog‘i, kanalizatsiyalar 
nasos stansiyalari, tozalash inshootlari) kiradi. 
4. Yordamchi sex va uchastkalar asosiy ishlab chiqarish chiqindilarini qayta 
ishlash bilan shug‘ullanadi. 
5.Tomorqa xo‘jaliklari esa qo‘shimcha daromad keltiruvchi faoliyat bilan 
shug‘ullanadi. Masalan, idishlar ishlab chiqarish, g‗isht ishlab chiqarish, 
yog‘ochlar ishlab chiqarish. 
Bulardan tashqari yirik korxonalarda tajriba (eksperimental) sexlar va 
laboratoriyalar, nostandart jihozlar sexlari ham mavjud bo‘lib, ular ishlab chiqarish 
jarayonlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, tajriba o‘tkazish bilan 
shug‘ullanishadi. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin