Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


 Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

1.3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. 
Bu fan bir qator fanlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, ularning yutuqlaridan keng 
foydalanadi. Jumladan, falsafa, iqtisodiy nazariya, makroiqtisodiyot va 
mikroiqtisodiyot, huquqshunoslik, sanoat va agrosanoat iqtisodiyoti, statistika, 
buxgalteriya hisobi va xo‘jalik faoliyatini tashkil etish, moliya, kredit sohasi, 
texnologiya fanlari bu kursni o‘rganishda yordamga keladilar. 
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fani eng avvalo 
―Iqtisodiyot nazariyasi‖ va ―Sanoat iqtisodiyoti‖ fanlari rivojlanishi natijasida 
shakllangan. Uning yetuklik darajasi umumiy va xususiy iqtisodiy nazariyaning 
naqadar rivojlanganligiga bog‘liq. 
Bu fan texnika fanlari bilan ham bog‘liqdir. ―Sanoat korxonalarida ishlab 
chiqarishni tashkil etish‖ fani texnika va texnologiyani bevosita o‘rganmasa-da, 
uning iqtisodiyotga ta‘sirini chetlab o‘tolmaydi, aksincha, texnologik jarayonlarni 
xom-ashyo, materialla va energiyadan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish davrini 
qisqartirish, ishlatish jarayonini uzluksiz ishlab chiqarish oqimida tashkil etish
mahsulot sifatini oshirishga erishish orqali muxandislik-iqtisodiyoti nuqtai 
nazardan ko‘rib chiqadi. 
Mexanikaga tegishli fanlar mashina va agregatlarni konstruksiyalash va 
texnikaviy ekspluatasiya qilish masalalarini o‘rganadi. ―Sanoat korxonalarida 
ishlab chiqarishni tashkil etish‖ fani mehnat qurollarini texnologik va mehnat 
jarayonlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadi, mashina va apparatlarni joy-


joyiga to‘g‘ri qo‘yish va ulardan oqilona foydalanish, jihozlar birligidan mahsulot 
olishni ko‘paytirish, sozlash tizimini yaxshi tashkil etishni ta‘minlaydi. 
―Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish― fani iqtisodiy kibernetika 
va informatika fani bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki bu fanlar axborot ta‘minotini, 
ishlab chiqarishni modellar yordamida ifodalash va tasvirlash masalalarini
tizimning tashqi muxit bilan aloqasini, axborot oqimlarining paydo bo‘lish 
qonuniyatlarini aniqlab berish orqali tashkiliy muammolarni samarali yechishga 
xizmat qiladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, fan va texnika rivojining kuchayishi 
hamda bu omilning alohida ahamiyat kasb etishi natijasida ijtimoiy-psixologik 
masalaga talab o‘smoqda. Shu sababli korxonalarda ishlab chiqarish jamoasini 
vujudga keltirishda va ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etishda psixologiya, 
pedogogika, sotsiologiya va huquqshunoslik fanlaridan unumli foydalanish lozim. 
Shunday qilib bu fan juda ko‘p ilmiy fanlar bilan uzviy aloqadordir. Lekin ular 
bilan tutashib ketmaydi va mustaqil soha masalalarini o‘rganadi. Ayni vaqtda 
korxona ishini tashkil etishning samarali shakllarini va usullarini ishlab chiqadi
ishlab chiqarish jarayonlarining batartibligini ta‘minlashga qaratilgan vazifalarni 
muntazam bajarishga intiladi. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin