3.
Ishlab chiqarish sikli davomiyligini qisqartirish.
Ishlab chiqarishni tashkil qilishning partiyali usuli uchun ishlab chiqarishga
kiritilayotgan detallar partiyasi miqdori ya‘ni kattaligi va takrorlanishi muhim
tashkiliy – iqtisodiy ahamiyatga ega. Aynan detallar
partiyasi miqdori sexdagi
ishlab chiqarish samaradorligiga hal qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Kichik partiyalar
qayta sozlash hisobiga jihozlarning ta‘minlanishi darajasini pasaytiradi,
mehnat
unumdorligi, mahsulot tannnarxi ko‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi.
Lekin, shu bilan birga ular tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini pasaytiradi va
ularni saqlash uchun qo‘shimcha maydonga talabni kamaytiradi. Yirik partiyali
detallar, masalan oylik dasturga teng bo‘lgan detallar partiyasi, jihozlarning to‘liq
bandligini oshiradi. Ishlab chiqarish maromiyligi ta‘minlanadi,
qayta sozlash
uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi. Yirik partiyalar tugallanmagan ishlab
chiqarish qoldig‘ining ko‘payishiga, ishlab chiqarish siklining uzayib ketishiga
sabab bo‘ladi. Shu sababdan ishlab chiqarishga minimal ham, maksimal ham emas,
balki optimal miqdordagi detallar partiyasini kiritish lozim. Detallar partiyasining
kattaligini aniq belgilash murakkab texnik iqtisodiy vazifa bo‘lib
hisoblanadi,
chunki bunda ishlab chiqarish sharoitlari, aynan: detallarning o‘lchami,
tugallanmagan ishlab chiqarishni saqlash uchun ishlab chiqarish maydonlarining
yetarliligi, jihozlarning to‘liq balandligini ta‘minlashga jalb etiladi.
Detallar partiyasining optimal kattaligiga ta‘sir ko‘rsatuvchi
muhim omil
detallar tayyorlash mehnat sig‘imi hisoblanadi. Mehnat sig‘imi qanchalik yuqori
bo‘lsa, partiya kattaligi shuncha kichik bo‘lishi lozim, Chunki yirik partiya ishlab
chiqarish siklining uzayib ketishiga, tugallanmagan
ishlab chiqarish hajmining
oshishiga olib keladi.
Detallar partiyasi miqdori sexdagi ishlab chiqarish maydoni bilan bog‘langan
bo‘lishi zarur. Ishlab chiqarish maydoni qanchalik kichik bo‘lsa, ishlab chiqarishga
kiritilayotgan detallar partiyasi miqdori shuncha kam bo‘lishi talab etiladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni saqlash uchun zaruriy maydonning yo‘qligi,
detallar sifatining pasayishiga, brakning ko‘payishiga olib keladi.