Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/108
tarix02.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#171063
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

6.2.
 
Ilmiy tadqiqotlar o’tkazish mohiyati, ma’nosi va maqsadi. 
Ishlab chiqarishni ilmiy tadqiqot bosqichining mazmuni ilmiy taraqqiyot 
qonunlarning nazariy asoslash bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar
hisoblanadi. Ilmiy tadqqiqot ishchilari jamiyat, davlatning yangi funksiyalarini 
bajarish mahsulot yaratishga ehtiyoji paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. 
 
ITI fundamental, izlanuvchan, amaliy tadqiqotlarga bo‘linadi.
Fundamental taqiqotlar natijasi bo‘lib umumiy bilimlarning tabiat va 
jamiyat qonunlarini o‘rganish yo‘li bilan yig‘ishda namoyon bo‘ladi. 
Iqtisodiyotning turli sohalarini jahon amaliyotida qo‘llanilmagan yangi texnik 
yechimlar, kashfiyotlar paydo bo‘ldi.
Izlanuvchanlik - ilmiy-tadqiqot ishlari fundamental tadqiqotlar natijalaridan 
amaliy tadqiqotlarda foydalinish imkoniyatini o‘raganish maqsadida olib boriladi.
Amaliy tadqiqotlar va tajriba konstiruktorlik ishlari izlanuvchan ilmiy 
tadqiqotlar ishlaridan so‘ng amalga oshiriladi. Ular aniq dasturga, aniq madsadga, 
iqtisodiy hisoblar va bajarish muddatiga ega.
Ilmiy tadqiqotlar amalga oshirish ilmiy tadqiqot institutlari va tashkilotlar, 
tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, fanlar akdemiyasi ilmiy muassasalari, korxonalar 
ilmiy tadqiqotlar bo‘limlari. Korxonaning ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi asosiy 
tuzulmaviy bo‘g‘ini bo‘lib texnik laborotoriyalar hisoblanadi. Yangi mahsulotni 
yaratishning muvaffaqiyatining asosiy omili sifatida yangi texnika yaratish va 
o‘zlashtirishning barcha bosqichlarini qamrab oluvchi ishlab chiqarishni texnik 
tayyorlash tizimini joriy etish hisoblanadi 


Ishlab chiqarishni tayyorlashning ob‘yekti bo‘lib, yangi mahsulot va uni ishlab 
chiqarish texnologiyasi hisoblanadi. 
Texnik rivojlantirish fan-texnika taraqqiyotiga suyanib amalga oshiriladi va 
ishlab chiqarishga yangi texnikani joriy qilish, progressiv texnologik jarayonlar va 
ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg‘or shakllarini joriy qilishda ko‘rinadi. 
Xo‘jalik yuritishning yangi shakllari kengayib borayotgan bir davrda 
korxonalarning texnik qayta tayyorlash ishlarini (tadbirlarini) korxonaning o‘z 
mablag‘i hisobiga va bank kreditlaridan foydalanib amalga oshirish imkoniyatlari 
kengayib bormoqda. 
Lekin, ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilishga qaratilgan yirik tadbirlarni 
amalga oshirish korxona faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini vaqtinchalik 
kamaytirishga olib keladi. Buning natijasida bu yangi tadbirlarni amalga oshirish 
sustlashadi. 
Korxonalarda texnik rivojlanishni takomillashtirish tadbirlarini ishlab 
chiqarishdagi asosiy kamchiliklarini ko‘rib chiqaylik. 
Eng avvalo, korxonalarning yangi texnikani joriy qilishdan joriy 
manfaatdorliklari, perspektiv manfaatdorlikdan ko‘ra yuqoriroq bo‘ladi. 
Yangi texnikani joriy qilish rejalari ko‘p hollarda ishlab chiqarishni kompleks 
rivojlantirish rejalarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan, faqat alohida stanok yoki 
yangi texnologiyani joriy qilish bilan cheklanadi. Bundan tashqari, korxonalarning 
texnik qayta qurishga ajratgan mablag‘i jahon darajasiga chiqish uchun yetarli 
emas. Ana shu kamchiliklarni yo‘qotish uchun texnik rivojlanishni boshqarish 
quyidagilarni ko‘zda tutadi: 

Ishlab chiqarishning texnik darajasini prognoz qiluvchi doimiy 
informatsion bazani tashkil etish. 

Korxonalarda, ilmiy tashkilotlarda, birlashmalarda, umumiy ilmiy 
texnik siyosatni olib borishni kuzda tutvchi reja ( topshiriq) xujjatlar tizimini 
xo‘jalik mexanizmini ishlab chiqarish bugunlarini ishlab chiqarishning texnik 
darajasini doimiy ravishda olib oshirib borishda manfaatdorligini oshirish. 



Korxonalarda texnik qayta qurish barcha texnologik sikl bo‘yicha 
amalga oshirilishi lozim. 
Hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni tayyorlash faoliyatini quyidagi asosiy 
yo‘nalishlarni ajratish mumkin: 
1.
Ishlab chiqarishga yangi mahsulot va texnologik jarayonlarni joriy qilish; 
2.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot va texnologik jarayonlarni modernizasiya 
qilish; 
3.
Yangi iqtisodiy, tashkiliy va ijtimoiy tuzilma hamda mexanizmlarni yaratish, 
ishlab chiqarishni takomillashtirishning turli tadbirlarini ishlab chiqish. 
Ishlab chiqarishni tashkil etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
- ilmiy tadqiqotlar bosqichi; 
- ishlab chiqarishni texnik tayorlash bosqichi. 
Ilmiy tadqiqotlar bosqichining mazmunini fan texnika yutuqlarini nazariy 
jihatdan asoslash maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish, ixtirolar qilish tashkil 
etadi. Ushbu bosqich quyidagi tadqiqotlarni qamrab oladi: fundamental, 
izlanuvchan va amaliy. 
Fundamental tadqiqotlar natijasida yangi ixtirolar qilinadi, izlanuvchanlik 
tadqiqotlarida fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliy jihatdan qo‘llash 
imkoniyatlari o‘rganiladi. Amaliy tadqiqotlar esa loyiha konstruktorlik ishlari bilan 
uyg‘unlikda olib boriladi va aniq maqsad, reja hamda muddatni ko‘zda tutadi.
9

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin