Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/108
tarix02.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#171063
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   108
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

tayyorlashning o’rni.
Fan-texnika 
taraqqiyoti 
ishlab 
chiqarishni 
intensiv 
rivojlantirishning 
asoslaridan 
biridir. 
Fan-texnika 
taraqqiyoti 
iqtisodiyotni 
(intensiv) 
rivojlantirishning hamma omillariga muayyan ta‘sir ko‘rsatadi, mehnat 
resurslaridan, ishlab chiqarishning asosiy fondlaridan, moddiy resurslaridan 
oqilona foydalanish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga erishish imkonini 
beradi. Bu nima bilan izohlanadi? 
Birinchidan, aynan fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligini oshirishning, 
mahsulot birligi hisobidan xarajatlarni kamaytirishning hamda ishlab chiqarishda 
band bo‘lgan har bir hodim hisobiga uni ishlab chiqarishni ko‘paytirishning asosiy 
manbaidir. Mehnat samaradorligining o‘sishi bilan bir vaqtda mehnatni va ishlab 
chiqarishni ilg‘or darajada tashkil etish chiqarilayotgan mahsulotning va 
ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga faol ta‘sir ko‘rsatadi. 


Ikkinchidan, fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish vositalari-mashinalar va 
asbob-uskunalar, binolar va inshootlar, xom-ashyo va materiallar yoqilg‘i va 
energiya tarkibida bo‘lgan ashyolashtirilgan mehnatni yanada samaraliroq qo‘llash 
uchun qulay sharoit yaratib beradi. Yangi samarali mashinalarni yaratish imkonini 
beradi. 
Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishga kuchli 
ta‘sir ko‘rsatadi. 
Yuqori unumli texnika yirik ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish sharoitida katta 
samara beradi. O‘z navbatida faqat yirik korxonalarda va ishlab chiqarish 
birlashmalarida fan va texnologiyani jadal takomillashtirishni ta‘minlovchi kuchli 
ilmiy tadqiqot va loyihalash konstruktorlik bo‘linmalarini tashkil etish mumkin. 
To‘rtinchidan, fan-texnika taraqqiyoti mehnat xarakterini o‘zgartirish va uni 
yengillashtirish, uni ijodiy mazmun bilan boyitish kabi ijtimoiy-iqtisodiy vazifani 
hal etishni ta‘minlaydi. 
Zamonaviy sharoitlarda har bir ishlab chiqarish korxonasi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida 
yuqori 
samaradorlikka 
erishish 
uchun 
muntazam 
ravishda 
innovatsiyalarni joriy etib borishi zarur.
Innovatsiya – ishlab chiqarishda yangi o‘zlashtirilayotgan material, mahsulot 
yoki texnologiya hisoblanadi. Innovatsiyalarni joriy etish ishlab chiqarishning 
barqarorligini buzadi, lekin shu bilan birga yangi sharoitga o‘tishga sharoit 
yaratadi. 
«Ishlab chiqarishni tayyorlash» tushunchasi juda keng tushuncha bo‘lib, u turli 
xil boy xususiyatlarga hamda belgilarga egadir. Shuning uchun ham uning hamma 
tomonlarini hisobga oluvchi tushuncha berish qiyin. 
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash yangi turdagi mahsulotlarni yaratish va 
keng miqyosda ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni ta‘minlaydigan texnik, tashkiliy 
va iqtisodiy tadbirlar majmuyi.
Innovatsiya - ishlab chiqarishga birinchi marta joriy etilgan material, 
mahsulot yoki texnologiyalardir.


Ishlab chiqarishni tayyorlash iste‘molchilarning o‘sib boruvchi extiyojlarini 
qondirish maqsadida innovatsion mahsulotlarni yaratish va sotish qilish borasida 
jamoalarning faoliyatidir.
Ishlab chiqarish tayyorlash ikki bosqichdan o‘tadi : 
1) Ilmiy tadqiqotlar sikli; 
2) Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash; 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin