6.3.Ishlab chiqarishni konstruktorlik, texnologik va tashkiliy tayorlash
mazmuni.
Konstruktorlik tayyorgarlik biron bir yangi mahsulot yoki texnologiyani
loyihalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan tashkil topadi.
Konstruktorlik tayyorgarlikni amalga oshirishda iqtisodiy hisob-kitoblar
katta ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki ular yangi mahsulot ishlab chiqarishni yoki
modernizatsiya qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlab bo‘ladi, sarflanadigan
xarajatlar «min» bo‘lgan sharoitlarni yaratishlari lozimdir.
9
Синицина. Л.М .Организация производства. Учебное пособие.Минск, ―ИВЦ МИНФИНА‖ 2008
Mashina va priborlarning yangi turlarini ishlab chiqarish jarayonida
ularning texnik afzalligini xarakterlovchi quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi:
-
yangi mashina va priborlarni (mahsulotlarni) yaratishga sarflangan mehnat
sig‘imi;
-
mahsulot o‘lchovi;
-
metalldan foydalanish koyeffitsiyenti;
-
mahsulot tannarxi va boshqalar.
Yangi mahsulot yaratish quyidagi bosqichlardan tarkib topadi:
1.
Texnik vazifalarni ishlab chiqarish;
2.
Texnik taklifni tuzish;
3.
Eskiz loyihasini yaratish;
4.
Texnik loyihalashtirish;
5.
Ishchi hujjatlarni ishlab chiqarish.
Texnik vazifada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning barcha texnik iqtisodiy
xarakteristikalari, ularga quyidagi talablar, ekspluatasiya qilish shartlari aniq
belgilab beriladi. Texnik vazifaga (ko‘ra) asoslanib texnik taklif ishlab chiqariladi.
Unda mahsulotni ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq
ekanligi asoslab beriladi, mumkin bo‘lgan bir necha variantlar solishtiriladi,
mehnatni loyihalashtirish va ishlab chiqarishga sarflangan harakatlarning hisob-
kitobi, undan olinadigan iqtisodiy samara hisob-kitob beriladi.
Eskiz loyihasi tanlangan texnik parametrlarni va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
tekshirish imkoniyatini beruvchi hujjatdir. eskiz loyihasi ishlab chiqarilayotgan
mahsulotni umumiy ko‘rinishi chizmasidan, mahsulotning tuzilishi va ishlash
prinsipi, asosiy o‘lchovlari, tannarxi to‘g‘risida tushuncha beruvchi, konstruktiv
yechimlardan tashkil topadi.
Texnik loyiha eskiz loyihani to‘ldirish natijasida tuzilib, mahsulotning barcha
asosiy bo‘g‘inlarini yaratish, barcha ko‘rsatkichlarni aniqlashtirishdan iborat.
Ishchi loyihani tuzishda, barcha hujjatlar ishlab chiqish yakunlanadi, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning barcha ko‘rsatkichlarini ko‘rsatuvchi ishchi chizma,
tushuntirish xati, ekspluatatsiya qilish instruksiyasi, tajriba prtokollari beriladi.
Konstruktorning asosiy vazifasi tuzilishi jihatdan sodda va ixcham, lekin texnik
jihatdan takomillashgan chidamli mahsulot yaratishdan iboratdir. Yaratilayotgan
mahsulotning iqtisodiyligi:
Ishlab chiqarish jarayonida – konstruksiyani normalashtirish darajasi bilan,
metallar sarfi, mehnat sarfi, tannarx, texnologik ishi bilan;
Ekspluatatsiya jarayonida – unumdorligi, xizmat ko‘rsatish davomida ish
birligiga to‘g‘ri keladigan mehnatning iqtisod qilish bahosi, qoplash muddati bilan
xarakterlanadi.
Yirik korxonalarda konstruktorlik tayyorgarlik bilan bosh konstruktor bo‘limi
shug‘ullanadi. Kichik korxonalarda esa, ishlab chiqarishni tayyorlash yagona
bo‘limi bu ish bilan shug‘ullanadi.
Texnologik tayyorlash o‘z ichiga texnologik jarayonlarni takomillashtirish,
texnik jihatdan asoslangan normalarni ishlab chiqish, texnik nazorat usullarini
tanlash, maxsus asboblarni tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlarni oladi.
Texnologik tayyorgarlik ikki bosqichda amalga oshriladi.
Birinchi bosqichda konstruktorlik bo‘limida tayyorlangan barcha chizmalar
tekshirilib, tahlil qilinadi.
Ikkinchi
bosqichda
esa
ishchi
chizmalarga,
detallarning
harakat
yo‘nalishlariga, texnik shartlariga, ishlab chiqarish vositalarining hujjatlariga
asoslanib loyihalashtirilayotgan mahsulotning barcha detal va bo‘g‘inlari uchun
texnologik jarayonlar ishlab chiqiladi va texnologik marshrut kartalarda aks
ettiriladi. Texnologik jarayonlarni tuzish ishlab chiqarish turi va operatsiyalar
murakkabligiga bog‘liq.
Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayon
to‘lig‘icha detallashtiriladi. Operatsiya va uzatishlarga taqsimlanadi, ishlab
chiqarish vositasi tanlanadi, samarali ishlov berish tartibini o‘rnatiladi, barcha
ishlarni normallashtirish amalga oshiriladi. Bularning natijasida operatsion karta
tuziladi. Yakka tartibli va kichik seriyali ishlab chiqarishda esa, faqat marshrut
kartalari tuziladi xolos. Unda faqat asosiy operatsiyalar ko‘rsatilib, vositalarni
tanlash va ishlov berish tartibi sex va uchastkalarda amalga oshiriladi.
Texnologik tayyorgarlikning yakuniy qismda yangi texnologik jarayonlarni
o‘nglash va ishlab chiqarishga joriy qilish amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni rejalashtirish uchun boshlang‘ich
ma‘lumot bo‘lib, ishlab chiqarish ob‘yektlari tarkibi, har bir ob‘yekt bo‘yicha
ishlab chiqarish dasturi, yangi mahsulotni o‘zlashtirish muddatlari normativlari
hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni rejalashtirishda kalendar rejalar tuziladi,
zaruriy mehnat, moddiy va pul mablag‘lari miqdori aniqlanadi. Konstruktorlik va
texnologik loyihalar bo‘yicha ishlar hajmi kishi-soatlarda, texnik jarayonlarni
moddiy jihozlash bo‘yicha ishlar norma-soat yoki natural birliklarda aniqlanadi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash mehnat sig‘imini hisoblash uchun quyidagi
usullardan foydalaniladi:
dastlabki me‘yorlashtirish;
namuna bo‘yicha me‘yorlash;
detalli me‘yorlash;
Dastlabki me‘yorlashtirish yangi mahsulot korxona ishlab chiqarish turiga mos
kelgan holatda qo‘llaniladi. Konstruktor yangi mashina yoki jihozning
konstruksiyasi borasida umumiy ma‘lumotga ega bo‘lib, rejalashtirish bo‘limi
xodimlari bilan birgalikda tajriba ma‘lumotlari asosida ish hajmini aniqlaydi.
Namuna bo‘yicha me‘yorlashtirishda yangi mashina yoki jihozni tuzilishi
jihatdan bir xil yoki o‘xshash mahsulotlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Bunda
ishning mehnat sig‘imi turli omillar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi va har bir omil
bo‘yicha xususiy koyeffitsiyentlar aniqlanadi, konstruksiyaning talabga javob
berishini hisobga oluvchi koyeffitsiyent konstruksiyaning murakkabligini e‘tiborga
oluvchi koeffitsiyent va boshqalar. so‘ngra umumiy mehnat sig‘imi koeffitsiyenti
topiladi. Ushbu koffitsient yangi mashina yoki mahsulotni texnik tayyorlash
mahsuloti mehnat sig‘imidan qancha farq qilishini ko‘rsatadi.
Detalli me‘yorlashtirish usulida konstruktorlik va texnik tayyorgarlik uchun
vaqt sarfini hisobga olish amaldagi vaqt me‘yorlari va normativlari asosida olib
boriladi. Ushbu norma va normativlar mahsulot detallari konstruktorlik va
texnologik murakkabligi guruhi bo‘yicha tuziladi.
Hisob tartibi quyidagicha:
1.
Loyihalashtirilayotgan mahsulotlar tarkibidagi original detallar soni aniqlanadi.
2.
Original detallar konstruktorlik va texnologik murakkablik guruhi bo‘yicha
taqsimlanadi.
3.
Normativlar asosida ishlab chiqarishni texnik tayyorlash har bir bosqichi
davomiyligi hisoblanadi.
Har bir bosqichning davomiyligi quyidagi formuladan hisoblanadi:
T = (
t)/(U
.
T
k
.
K
ib
)
t – ushbu bosqich bo‘yicha ishlarning bajarishga sarflangan vaqtlar summasi,
U – ushbu bosqichda bir vaqtda ishlayotgan ishchilar soni,
T
k
– ish kuni davomiyligi,
K
ib
– normani oshirib bajarilishini e‘tiborga oluvchi koyeffitsiyent (ishbay haq
to‘lashda).
Bosqich davomiyligini hisoblagandan so‘ng ishlab chiqarishni texnik
tayyorlash kalendar grafigi tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |