qisqarishi va nomenklaturasi, assortimentining kengayishi oqibati bo‘lib
hisoblanadi.
Partiyali usulda mehnatga haq to‘lash xarajatlari salmog‘i o‘sadi, mahsulot
birligiga shartli doimiy xarajatlar ko‘payadi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, partiyali usullar oqimli usulida nisbatan farq qiluvchi
texnik iqtisodiy shartlar bilan belgilanadi. Seriyali ishlab chiqarishda oqim usulida
farq qiluvchi texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarning
keskin yomonlashuviga olib
kelishi mumkin. Shu bilan birga ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usuli
samaradorligini oshirish imkoniyatlari mavjud. Bu eng avvalo mahsulot ishlab
chiqarish ma‘romiyligi, ixtisoslashuvi, proportsionalligi,
paralelligi uzluksizligini
oshirishga olib keluvchi rezervlardir. Ishlab chiqarish ma‘romiyligi imkoniyatidan
foydalanish uchun ushbu holatga olib keluvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf
etish tadbirlarini ishlab chiqish zarur.
Korxonalar notekis ishlashining asosiy sabablari bo‘lib, ish o‘rinlarini tashkil
etishdagi kamchiliklar hisobiga xom ashyo va materiallar ta‘minoti grafigining
buzilishi, texnologik jarayonlarni
tashkil etishdagi kamchiliklar, jihozlarning
tasodifan ishdan chiqishi, talabning o‘zgarishi kabilar hisoblanadi.
Korxonada ma‘romiylikni oshirish mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan shartli
doimiy xarajatlar miqdoriga katta ta‘sir ko‘rsatadi, jihozlardan foydalanishning
darajasini oshiradi.
Proportsionallik darajasini
oshirish rezervlari uchastka, sex va jihozlar guruhi
quvvatlaridagi mutanosiblikni ta‘minlash orqali olinishi mumkin bo‘lgan mahsulot
miqdori bilan xarakterlanadi.
Proportsionallik darajasini aniqlash uchun sexlar orasidagi mutanosiblik
koyeffitsiyentlari aniqlanadi. Agar ushbu koyeffitsiyenti birdan kichik bo‘lsa, ana
shu uchastkada foydalanilayotgan imkoniyatlari mavjudligidan,
agar birdan katta
bo‘lsa, ortiqcha quvvat mavjudligidan dalolat beradi. Proportsionallikni
ta‘minlashga jihozlarni modernizasiyalash, texnologik jarayon va normalarni qayta
ko‘rib chiqish, smenalik darajasini ko‘paytirish orqali erishish mumkin.
Bulardan tashqari korxonadagi turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladigan
tanaffuslarni kamaytirish, detallar partiyasini ishlab chiqarish
jarayoniga kiritish
orasidagi
kutish
vaqtlarini
qisqartirish,
ketma-ket
ish
o‘rinlarining
muvofiqlashmaganligi darajasini kamaytirishi ham partiyali usul samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.
Detallar partiyasi miqdori sexning ishlab chiqarish maydoni bilan bog‘langan
bo‘lishi lozim. Bunda ishlab chiqarish maydoni qanchalik kichik bo‘lsa, ishlab
chiqarishga kiritilayotgan detallar partiyasi shunchalik kichik bo‘lishi lozim.
Tugallanmagan mahsulotlarni saqlash uchun zaruriy maydonning yo‘qligi
(yetishmasligi) mahsulotlar sifatining pasayishiga, ishlab
chiqarishda detallarning
yo‘qolishiga olib keladi. Katta yuk oqimlari yirik detallar partiyasini uzatishni
qiyinlashtiradi, mehnat sharoitlarini yomonlashtiradi. Ayrim detallar tayyorlash
texnologik jarayoni yuqori aniqlikka ega bo‘lgan detal partiyasini ishlab
chiqarishga kiritish va muddatlariga tartiblashtirish
maqsadida korxona
bo‘linmalari (sexlari) bo‘yicha o‘sish vaqti hisoblanadi. Detallar partiyasi ishlab
chiqarishga ularga oxirini yakuniy konvertga uzluksiz kelib tushishi
ta‘minlaydigan sikl asosida kiritish talab etiladi. Sexlar ko‘p bo‘lgan sharoitda
ularga o‘zaro moslashtirishga e‘tibor qaratiladi. Buning uchun maxsus o‘sish
grafiklari tuziladi.
Dostları ilə paylaş: