Ishlab chiqarishni tashkil qilishning partiyali usuli uchun ishlab chiqarishga
kiritilayotgan detallar partiyasi miqdori ya‘ni kattaligi
va takrorlanishi muhim
tashkiliy – iqtisodiy ahamiyatga ega.
Partiya kattaligi tashkiliy ishlab chiqarish va iqtisodiy talabni e‘tiborga olgan
holda aniqlashtiriladi. Ushbu talablardan muhimlari quyidagilardir: partiyadagi
detallar soni ish o‘rinlarining to‘liq smenalik bandligini ta‘minlash,
detallar
partiyasi kattaligi oylik ishlab chiqarish dasturiga mosligi, yirik o‘lchamli, og‘ir
detallar uchun partiya kattaligi ishlab chiqarish maydonlari mavjudligi va transport
vositalarining yuk ko‘tarishi qobiliyati bilan belgilanishi, qimmatbaho jihozlarning
maqsadga muvofiq to‘liq ta‘minlanish, detallar partiyasi kattaligining buyurtmani
bajarish tezkorligiga bog‘liq holda taqsimlash.
Nazorat savollari.
1.
Partiyali usul moxiyatini tushuntiring.
2.
Mahsulot seriyasi deganda nimani tushunasiz?
3.
Mahsulot partiyasiga ta‘rif bering?
4.
Ishlab chiqarishning partiyali usuli xususiyatlarini sanang.
5.
Ishlab chiqarishning partiyali usuli qanday vazifalarni bajaradi?
6.
Detallar partiyasi miqdori iqtisodiy samaradorlikka qanday ta‘sir
ko‘rsatadi?
7.
Partiya miqdorini aniqlashning qanday usullarini bilasiz?
8.
Mahsulot partiyasini ishlab chiqarishga kiritish soni qanday aniqlanadi?
9.
Mahsulot partiyasini ishlab chiqarishga kiritish vaqti qanday aniqlanadi?
10.
Dostları ilə paylaş: