joyiga to‘g‘ri qo‘yish va ulardan oqilona foydalanish, jihozlar birligidan mahsulot
olishni ko‘paytirish, sozlash tizimini yaxshi tashkil etishni ta‘minlaydi.
―Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish― fani iqtisodiy kibernetika
va informatika fani bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki bu fanlar axborot ta‘minotini,
ishlab chiqarishni modellar yordamida ifodalash
va tasvirlash masalalarini,
tizimning tashqi muxit bilan aloqasini, axborot oqimlarining paydo bo‘lish
qonuniyatlarini aniqlab berish orqali tashkiliy muammolarni samarali yechishga
xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish
sharoitida, fan va texnika rivojining kuchayishi
hamda bu omilning alohida ahamiyat kasb etishi natijasida ijtimoiy-psixologik
masalaga talab o‘smoqda. Shu sababli korxonalarda
ishlab chiqarish jamoasini
vujudga keltirishda va ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etishda psixologiya,
pedogogika, sotsiologiya va huquqshunoslik fanlaridan unumli foydalanish lozim.
Shunday qilib bu fan juda ko‘p ilmiy fanlar bilan uzviy aloqadordir. Lekin ular
bilan tutashib ketmaydi va mustaqil soha masalalarini o‘rganadi. Ayni vaqtda
korxona ishini tashkil etishning samarali shakllarini
va usullarini ishlab chiqadi,
ishlab chiqarish jarayonlarining batartibligini ta‘minlashga qaratilgan vazifalarni
muntazam bajarishga intiladi.
Dostları ilə paylaş: