2-BOB. KORXONA – MILLIY IQTISODIYOTNING ASOSIY BO’G’INI
SIFATIDA
Tayanch so’z va iboralar.
Korxona, turlari, ishlab chiqarish- texnik birlik, tashkiliy-iqtisodiy birlik, umumiy
tuzilma, ishlab chiqarish tuzilmasi, sex,uchastka, ish o‘rni.
2.1.Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o’rni va roli.
Ishlab chiqarish korxonasi
iqtisodiyotning asosiy, yetakchi bo‘g‘ini
hisoblanadi. Chunki, aynan korxonalarda asosiy ishlab chiqarish jarayonlari keng
avj oladi, mehnat va ishlab
chiqarish tashkil qilinadi, iqtisodiy munosabatlar
amalga oshiriladi, moddiy boyliklar yaratiladi.
Yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la
yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan
foydalanish asosida
mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki ayirboshlaydigan,
ishlarni
bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha
shakllari teng huquqliligi asosida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z
faoliyatini
ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub‘yekt korxona hisoblanadi.
Ishlab chiqarish korxonalariga zavodlar,
fabrikalar, shaxtalar,karyerlar va
boshqa ishlab chiqarish xarakteridagi xo‘jalik tashkilotlarini kiritish mumkin.
Xodimlar,
asosiy vositalar, axborot va mablag‘lar korxonaning ichki
muxitini tashkil etadi. Ichki muxit komponentlarining o‘zaro ta‘siri
natijasida
tayyor mahsulot yaratiladi.
Hech bir korxona tashqi muhitdan ajralgan xolda faoliyat ko‘rsatmaydi.
Korxona faoliyati samaradorligini va maqsadga muvofiqligini belgilab beradigan
tashqi muxit sifatida
mahsulot istemolchilari, ta‘minotchilar, shuningdek davlat
organlari va korxona atrofida yashovchi axoli maydonga chiqadi.
Bugungi kunda Respublikamizda ro‘yxatga
olingan korxonalar va
tashkilotlar soni quyidagi 2.1-jadvalda keltirilgan.