qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko’ra
− korxonalar ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish (mashinasozlik, ko‘mir qazib chiqarish, sug‘urta va hokazo) sohalariga
mansub bo‘lishi mumkin;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko’rinishiga ko’ra −
korxonalar
sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo‘linadi;
texnologik umumiyligiga ko’ra −
korxonalar ishlab chiqarish jarayonini
uzluksiz
va diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi
asosida yurituvchilarga bo‘linadi;
tayyor mahsulotning maqsadlariga ko’ra −
barcha
korxonalar ikkita katta
guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste‘mol
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar;
foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko’ra −
sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi
va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi;
yil davomida ishlash muddatiga ko’ra −
korxonalar mavsumiy va yil bo‘yi
faoliyat yurituvchilarga bo‘linadi;
hajmiga ko’ra −
korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga
taqsimlanadi;
ixtisoslashuv darajasiga ko’ra −
korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash
korxonalarga bo‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar
qatoriga nomenklaturasi
cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar,
universal korxonalar
qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar,
aralash korxonalar
tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni
tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi;
Dostları ilə paylaş: