Unitar korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk
bilan javob beradi. Unitar korxona o‘z mol-mulki
egasining majburiyatlari
bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi. Unitar korxona mol-mulkining egasi korxona
majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Har bir ishlab chiqarish korxonasi yagona ishlab chiqarish texnik organizm
hisoblanadi, ya‘ni korxonaning ishlab chiqariladigan mahsulot maqsadining hamda
uni ishlab chiqarish jarayonlarining umumiyligi bilan belgilanadi.
Korxonalar texnologik jihatdan bir turdagi
sex yoki uchastkalardan
(yigiruvchi fabrikalaridan yigiruv sexi) yoki texnologik jihatdan turli xildagi sex
yoki uchastkalardan tashkil topishi mumkin (to‘qimachilik
korxonalarining
yigiruv, to‘quv va pardozlash sexlari).
Korxonalarning yagona organizmga birlashtiruvchi muhim belgilardan biri
yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlarning barcha asosiy bo‘linmalar uchun
umumiyligi, joylashgan maydonning yagonaligi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish texnikaviy
va tashkiliy-iqtisodiy
birlik bilan xarakterlanadi:
Korxonani xarakterlovchi asosiy belgilardan biri uni tashkil etuvchi tarkibiy
qismlarining ishlab chiqarish texnikaviy birligidir. Korxonalarning ishlab chiqarish
texnikaviy birligi uning barcha tarkibiy qismlarining bir- biri bilan ishlab
chiqarish jarayonining ma‘lum ketma-ketlikda bajarilishiga qarab bo‘linganligi va
bir-birini o‘zaro ta‘minlashini ifodalaydi. Har bir
korxona bir qator tarkibiy
qismlardan (sex, uchastkalar) dan iboratdir. Ularning har biri xom ashyoni tayyor
mahsulotga aylantirish jarayonining ma‘lum funksiyalarini bajaradi va ular bir- biri
bilan texnologik jarayonning bajarilish tartibiga va bir-birini ta‘minlash usullariga
bog‘liq bo‘lib, ularning maqsadi ishlab chiqarish dasturini bajarishga qaratilgan.
Tashkiliy-iqtisodiy birlik
yagona boshqaruv organining, yagona ishlab
chiqarish jamoasining mavjudligi, ma‘muriy jixatdan ajratilganlik, ishlab chiqarish
rejasining uning bajarilishini ta‘minlovchi
material, texnik, moliyaviy resurslar
bilan o‘zaro bog‘liqligi bilan xarakterlanadi.