Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha ro’yxatdan o’tgan korxona va tashkilotlar soni. 1 Iqtisodiy faoliyat turlari 2017yil 2018yil Jami korxonalar
300240
339034
Jumladan:
qishloq, baliq va o‘rmon xo‘jaligi
22647
26042
sanoat
51371
59300
qurilish
25534
30478
tashish va saqlash
12514
13856
boshqa faoliyat turlari
188174
209358
Korxonaning faoliyati maqsadlarini ro‘yobga chiqaradigan o‘z mahsuloti,
ishlari, xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda
mehnat jamoasi a‘zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona
mol-mulki egasining manfaatini ta‘minlash yo‘li bilan erishiladi.
Har bir korxona o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun moddiy, mehnat,
moliyaviy va energetik resurslarga egadir. Korxona egalik qilish, umumxalq
mulkining unga tegishli qismidan foydalanish va boshqarish huquqiga ega. Buning
uchun u mustaqil balansga, bankda hisob raqamiiga ega, hisob-kitob tugallangan
tartibini va ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatining tahlili uchun hisobot berishni olib
boradi. Ishlab chiqarish korxonalarining asosiy vazifasi aholining turli xalq
iste‘moli mollariga, maishiy va madaniy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirishdan
iboratdir. Mana shu asosiy vazifadan korxona jamoasining hal qilinishi zarur
bo‘lgan kundalik vazifalari kelib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan
iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarish xajmi tarkibi quyidagi jadvalda
keltirilgan.
1
O‘zbekiston hududlarining yillik statistik to‘plami. T.:2019
1.2-jadval.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha ishlab chiqarish hajmi tarkibi