xujjatlarni rasmiylashtirgan holda tayyor mahsulotni istemolchiga jo‘natish
zahiralar harakatini hisobga olishni tashkil etish
Ombor xo‘jaligini tashkil etishni takomillashtirish chora tadbirlarini ishlab
chiqish
Omborlarni tashkil qilishda ularning bajaradigan vazifalari saqlanadigan
mehnat
predmetlarining turlari, korxona bo‘linmalariga xizmat qilish usuli va
saqlanadigan predmetlarining saqlanish xarakteri hisobga olinadi.
Ombor xo‘jaligini tashkil etishning mohiyati, korxona uchun uning quvvati
ishlab chiqaradigan
mahsulot hajmidan kelib chiqib, zaruriy omborxonalar sonini
aniqlash, ularni samarali joylashtirish, zaruriy omborxona maydonini hisoblash,
omborxonalarni
yuklash-tushirish, uzatib berish mexnizmlari stellajlar va boshqa
jihozlar bilan ta‘minlanishini tashkil etishdan iboratdir.
Materiallarni omborxonalarga keltirilgach ular miqdoriy va sifat nazoratidan
o‘tadi. Agar keltirilgan materiallar (yuklar) barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha
hujjatlarga mos kelsa, qabul qilish akti tuziladi. Agar
hujjatlar va keltirilgan
buyumlar o‘rtasida nomutanosiblik yuzaga kelsa, defekt akti tuziladi.
Omborxonadan (yuklar) materiallar va ehtiyot qismlar asosiy ish joylari,
sexlar talabga asosan yoki limit vedomostlariga ko‘ra uzatiladi. Mashina va
priborlar korxonadagi hujjatlarga ko‘ra uzatiladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida omborxonalarning quyidagi turlari mavjud:
1. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra: ta‘minlovchi, ishlab chiqaruvchi,
tayyor
mahsulotlar ombori.
2. Mehnat predmetlarining saqlanish xarakteriga ko‘ra: yopiq, yarim ochiq, ochiq
turdagi.
3. Saqlanadigan mehnat predmetlari turiga ko‘ra: universal, ixtisoslashtirilgan
omborlar.
4. Ishlab chiqarish tashkil etilishiga ko‘ra: markazlashtirilgan, sexlararo, sex
ichidagi.
Ishlab chiqarish korxonalarida yopiq turdagi universal omborlar tashkil etiladi.
Ombor maydoni foydali, operativ, konstruktiv maydonlarga bo‘linadi.
foydali maydon-bevosita material qiymatliklar va
ularni saqlash vositalari
bilan band bo‘lgan maydon
operativ maydon omborlarning normal faoliyatini ta‘minlashga xizmat
qiluvchi maydonlardir.(Moddiy qiymatliklarni qabul qilish va chiqarish
maydonlari, og‘irligini o‘lchash maydonlari,o‘tish yo‘laklari, ma‘muriy
maydonlar)
konstruktiv maydon binolarning konstruktiv xususiyatlari bilan bog‘liq
bo‘lgan maydonlar bo‘lib , ularga
ustunlar egallagan maydonlar, zinalar
maydoni kiradi
Dostları ilə paylaş: