Sexlar aro rejalashtirish korxona sexlari tomonidan
mahsulot ishlab chiqarish
va sotish rejasining bajarilishining nazorat qilish, asosiy va yordamchi sexlar,
funktsional xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Sex ichidagi rejalashtirsh tezkor (operativ) rejalarni ishlab chiqish,
uchastkalar, potok liniyalari va ish o‘rinlarning faoliyatini
garafiklarini tuzishi
ko‘zda tutadi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda operativ rejalashtirishning turli tizimlari
qo‘llaniladi. Tezkor rejalashtirish tizimlari turlarini tanlash mahsulotga talab xajmi,
rejalashtirish xarajatlari va natijalari, ishlab chiqarish mashtabi va turi,
korxonaning tashkiliy tuzilmasi va boshqa omillar bilan belgilanadi.
Ishlab
chiqarishda rejalashtirish tizimlaridan detalli, buyurtmali va komplekt tizimlar
keng tarqalgan.
Detalli tizim yuqori darajada tashkil etilgan va barqaror ishlab chiqarish
sharoiti uchun mo‘jallangan bo‘lib, ma‘lum unda har bir detal bo‘yicha
belgilangan
reja davri uchun soat, smena, kun ishlab chiqarish faoliyati nazorat qilinadi.
Buyurtmali tizim asosan barqaror ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ushbu tizim
asosida potok tizimlari takti va ritmini aniq rejalashtirishni,
texnologik, trasport,
sug‘urta zadellarini to‘g‘ri aniqlash yetadi. Shu sababdan ushbu tizimini
cheklangan doimiy nomeklaturadagi mahsulot ishlab chiqarishda qo‘llash
maqsadga muvofiq. Buyurtmali tizim yakka tartibli va kichik seriyali ishlab
chiqarishda qo‘llaniladi. Ushbu xolatda rejalashtirish ob‘ekti bo‘lib,
alohida
olingan buyurtma hisoblanadi. Rejalashtirishning buyurtmali tizimi ishlab
chiqarish sikli va o‘zish normativilarini hisoblashga asoslanadi.
Kompleks tizim seriyali ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Ushbu tizimda
kalendar vazifalar alohida turudagi detallar bo‘yicha emas, balki detal komplekti
yoki guruhi bo‘yicha belgilanadi.