I BOB.
―
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI
TASHKIL ETISH
―
FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI
Tayanch so’z va iboralar.
―Sanoat korxonalarida shlab chiqarishni tashkil etish‖ fanining ob‘yekti, predmeti,
mazmuni, vazifasi, boshqa fanlar bilan aloqasi,metodologiyasi.
1.1. Fanning ob’yekti, predmeti va vazifalari.
Har qanday ilmiy kurs (fan) o‘zining o‘rganish ob‘yektiga ega bo‘ladi.
Shunday ob‘yektning mavjudligi — u yoki bu fanning tug‘ilishi, shakllanishi va
rivojlanishining zamini va muhim shartidir. Shu sababli o‘rganiladigan fanning
ob‘yekti bilan tanishish uning predmetini aniqlashdan avval amalga oshiriladi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining ob‘yekti bu
sanoat korxonasidir. Korxona o‘z faoliyati maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga
ishlab chiqarilayotgan mahsuloti, bajarayotgan ishlari yoki ko‘rsatayotgan
xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat
jamoasi a‘zolarining iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarining hamda korxona mol-
mulki egasining manfaatlarini ta‘minlash yo‘li bilan erishadi. Korxona o‘z asosiy
faoliyatini o‘zining Ustavida ko‘zda tutilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq
ravishda amalga oshiradi.Korxona Ustavi esa jumhuriyat qonun va qoidalariga
asoslanadi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish eng yaxshi ishlab chiqarish natijalariga kam
xarajat bilan erishish uchun ishlab chiqarishning moddiy va mehnat elementlarini
vaqtda va muhitda maqsadga muvofiq optimal uyg‘unlashtirish jarayonidir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish ishlab chiqarish jarayonida mehnat va texnikadan
samarali foydalanishni ta‘minlashga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni tashkil
etishga qarashlarni o‘zgartirib yubordi. Bugungi kunda bozordagi o‘zgaruvchan
talabga tez moslashuvchan,yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish
uchun sharoit yaratib beradigan yuqori darajadagi jarayon sifatida qarash oldingi
o‘ringa chiqdi. Ishlab chiqarish samaradorligi uni tashkil etuvchi elementlardan
birgalikda oqilona foydalanishga bog‘liq. Ishlab chiqarish ushbu elementlarni
o‘zaro aloqadorlikda o‘rganish va ishlab chiqarish maqsadlaridan kelib chiqib
ulardan foydalanishning samarali usullarini va sharoitlarini tanlashni kozda tutadi.
Agar texnologiya ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish imkoniyatlarini oshirish,
mahsulot sifatini yaxshilash, resurslar sarfini kamaytirishga yo‘naltirilsa, ishlab
chiqarishni tashkil etishning asosiy vazifasi korxonaning ichki va tashqi
sharoitlarini hisobga olgan xolda ushbu imkoniyatlarga erishish sharoitlari va
usullarini aniqlash hisoblanadi. Shu sababli ishlab chiqarishni tashkil etish
texnologik jarayonlarni tashkil etish bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.
Korxona faoliyatini ilmiy asosda oqilona tashkil etish va rejalashtirish uchun,
ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun umumiy iqtisodiy qonunlarni
chuqur bilish, barcha qonun va qoidalaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarishni
tashkil etish va rejalashtirishning hozirgi zamon usullaridan keng foydalanish
zarur. Buning uchun esa iqtisodiy bilimlar bilan qurollanmoq, ularni chuqur
egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy bilimlarning eng asosiysi
—
iqtisodiy nazariya fani o‘rgatadi.
Iqtisodiy nazariya jamiyat miqyosida yuz beradigan iqtisodiy hodisalar va
voqeliklar, jarayonlar, ularga xos bo‘lgan bog‘lanishlar, ularning qonun-qoidalari
va kishilar faoliyatida namoyon bo‘lish shakllarini o‘rgatuvchi fandir. Iqtisodiy
nazariya iqtisodiy voqeliklar, hodisalar va jarayonlarni iqtisodiy qonunlar,
kategoriyalar, ya‘ni ularning ilmiy in‘ikosi ifodasi orqali tavsiflaydi. Lekin
iqtisodiy nazariya ijtimoiy ishlab chiqarishning ayrim sohalari, tarmoqlari va
tarmoqchalarida ro‘y beradigan hodisa, voqelik va qonuniyatlarini o‘rganmaydi.
Bu bilan tarmoqlar va korxonalar iqtisodiyoti fanlari shug‘ullanadi.
―Sanoat korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish‖ fanining predmeti
deganda korxonalarning ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyati sharoitida iqtisodiy
qonunlarning harakati va namoyon bo‘lish shakllari va eng kam mehnat, moddiy
va ma‘naviy harakatlar bilan eng yaxshi natijalarga erishishni ta‘minlovchi yuqori
samarali ish usullarini ishlab chiqish tushuniladi.
Ma‘lumki, har bir fan o‘z tarixiga ega. ―Sanoat korxonalarida ishlab
chiqarishni tashkil etish‖ eng yangi fanlardan hisoblanadi.
Bu fanning faqat
hozirgi zamon shart-sharoitlarida paydo bo‘lishiga sabablar bir korxona
rivojlanishi
va
takomillashishi
uchun
keng
va
cheksiz
imkoniyatlar
yaratilganligidir. So‘nggi yillarda, Yevropada, ayniqsa Amerika Qo‘shma
Shtatlarida «Ilmiy Menejerlar» — yollanma professional boshqaruvchilar
nazariyasi keng tarqala boshladi. Ular xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatini
bilimdonlik asosida tashkil qilishdan tashqari, yangidan-yangi shart-sharoitlarni
yaratib, mehnat unumdorligini oshirish yo‘l-yo‘riqlari va omillarini ko‘rsatib
bermoqdalar.
Rivojlangan mamlakatlarning ishlab chiqarishni tashkil etish va uni boshqarish
tajribalarini o‘rganishga tanqidiy qarashdan tashqari, kelgusida korxonalar
faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan usullarni o‘rganish kerak.
―Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish‖ fani iqtisodiy
qonunlarning sanoat korxonalari faoliyatiga ta‘sirini va ularning oldiga qo‘ygan
vazifalarini amalga oshirish borasidagi eng samarali usullarini ishlab chiqib, uni
sanoatda tadbiq qilmoqda. Bu tadbir - choralarning amalga oshirilishi
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda ijtimoiy boylikni ko‘paytirish va
korxonalarda ishchilarga yaxshi sharoitlar yaratib berishga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi zamon korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fani, jamiyat va
shaxs manfaatini e‘tiborga olgan holda o‘zining mazmunli ilmiy asoslangan usul
va shakllari bilan tubdan farq qilmog‘i kerak.
Korxonaning ishini ilmiy asosda tashkil qilish nazariyasi iqtisodiy nazariya va
jumhuriyatimizda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati xususida qabul qilingan
qarorlar, mehnatni va korxonada ishlab chiqarishni tashkil qilish masalalari
bo‘yicha yuqorida aytib o‘tilgandan boshqa, barcha korxonalarning boy tajribalari
e‘tiborga olingan holda fan uchun yangi serqirrali nazariy fikr, usullarni amalda
tadbiq etishga asoslangan. Korxona ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun bu yerdan
asosiy jarayonlarni, moddiy-texnika xizmat qiluvchi (dastgohlarni, elektr
xo‘jaliklarni, moddiy ta‘minot, zavod ichida yuradigan transportlarni sozlash bilan
shug‘ullanuvchi) uchastkalar bilan uzviy bog‘liq holda faoliyat yuritish lozim.
Har qanday fanning o‘z vazifasi bo‘lganidek, ―Sanoat korxonalarida ishlab
chiqarishni tashkil etish ― fanining ham o‘z maqsadiy vazifalari bor.
―Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish― fani o‘z mazmuni
mohiyatiga ko‘ra juda ko‘p qirrali va u ishlab chiqarish jamoasi hayotining
ko‘pgina sohalarini qamrab oladi. Mazkur fanning predmeti, ob‘yekti, maqsadi,
funksiyalari, o‘rganish usullari va moddiy boyliklarni yaratishga xo‘jalik rahbarligi
jarayoni yuzaga keladigan vazifalar tarkibi bilan belgilanadi va kursning dasturida
to‘la aks ettirilgan.
O‘zbekiston Qomusi va Respublikada qabul qilingan barcha qonun va qoidalar
asosida kursning vazifalari quyidagilardan iborat:
korxonalarda jonli va buyumlashgan mehnat tizimini yaxlit va yagona
hamda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishning asosi deb
qarash;
korxonalarda ishlab chiqarish tizimining o‘zgarish shakllari va yo‘llari,
ishlab chiqarish faoliyatining maqsad va vazifalari, ularni amalga oshirish
yo‘llari va baholash mezonlarini o‘rganish;
ishlab chiqarish jarayonlarining mohiyati, ahamiyati, mazmunini, asosiy va
yordamchi ishlab chiqarish, korxona infratizimining amaliy masalalarini
o‘rganish;
iqtisodiy islohotlar sharoitida korxonalarda boshqarishni, ayniqsa iqtisodiy
boshqarishni, rejalashtirish, baholash, moliyalash, kreditlash muammolarini
yechishni o‘rganish.
Demak, korxonalar faoliyatini tashkil etish fanining bosh vazifasi talabalar va
mutaxassislarni hamda shu fanni o‘rganuvchilarni ushbu fan mazmuniga tegishli
barcha nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |