Ishlab chiqarishni partiyali tashkil qilish metodi ( партионный метод организации производства) - davriy ravishda chegaralanmagan
nomenklatura asosida ma‘lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish
metodi.
Ishlab chiqarishning proportsionallik darajasi ( пропорциональность производства) mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha har bir ish
joyining ishlab chiqarish topshirig‘i va o‘tkazish qobiliyati kattaligi
orasidagi farq.
Uzluksiz tizim (непрерывный поток) – alohida ish joylarini va mashinalarning
vaqt
bo‘yicha ishining muvofiqlashtirilishi, operatsiyalarning
sinxronligi, jihozlar va ishchilar ishining uzluksizligi, ish joylarida
mehnat predmetining to‘xtovsiz harakati, ishlab chiqarishning bir
me‘yorda bo‘lishi va ritmligi bilan xarakterlanuvchi potok chizig‘i.
Innovatsiya (инновация) – ishlab chiqarishda yangi o‘zlashtirilayotgan
material,mahsulot yoki texnologiya hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni tayyorlash (подготовка производства) iste‘molchilarning
o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadida innovatsion
mahsulotlarni yaratish va realizatsiya qilish borasida jamoalarning
faoliyatidir.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash (технологическая подготовка производства) - bu o‘rnatilgan davlat standartlari (andozalari) va
sifatning texnik sharoitlari asosida mahsulot ishlab chiqarishni
korxonada ta‘minlovchi o‘zaro bog‘langan ilmiy texnik jarayonlar
majmui.
Ishlab chiqarish turlari (виды производства) -doimiy nomenklatura asosida
mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish elementlari
va omillari birliginining xususiyatlari va tashkiliy-texnik, iqtisodiy
tavsiflarining yig‘indisi.