Ishlab chiqarishning yakka tartibli metodi (единичный метод производства) - ma‘lum vaqt oralig‘ida takrorlanadigan yoki hech
qachon takrorlanmaydigan yagona nusxada keng nomenklaturada
mahsulot ishlab chiqarish metodi.
Ishlab chiqarish topshirig’i (производственное задание) – vaqt birligi ichida
potokning quyi bo‘g‘inlarida (yordamchi chiziqda) ishning to‘xtovsiz
olib borilishini yoki yuqori bo‘g‘inga berilgan ishlab chiqarish
hajmini (bosh chiziq yoki bosh mashina) bajarilishini ta‘minlash
uchun ishlov berilishi kerak bo‘lgan mehnat predmetlari miqdori.
Korxona (предприятие) – huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik
huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli
mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va
sotiladigan yoki mahsulotni ayira boshlagan, ishlarini bajaradigan,
xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha
shakllari teng huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z
faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt.
Korxona ishlab chiqarish tuzilmasi ( производственная структура предприятия) - tizim "kirishi"ni, biznes - rejada bajarilishi kerak
tayyor mahsulot parametrlarini ya‘ni "chiqishi" ni qayta ishlashini
ta‘minlaydigan asosiy yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalar
yig‘indisi.
Kichik ta’mirlash (малый ремонт) – jihozlarni tez almashtiriladigan qismlarni
almashtirish,
kichik
nosozliklarni
tugatish,
jihozlarning
mexanizmlarini regulirovka qilishdan iborat.
Kapital ta’mirlash ( капитальный ремонт) – rejali ta‘mirlashning eng katta
turi bo‘lib, bunda jihozlarni turligicha qismlarga ajratib, undagi barcha
nosozliklarni yo‘qotish, yog‘lash va qayta tiklash ishlari amalga
oshiriladi