Mahsulot sifati (качество продукции) – shartlangan yoki taxmin qilingan
ehtiyojlarni
qondirish
qobiliyatini
beradigan
mahsulot
yoki
xizmatlarning xususiyat va tavsiflari majmui.
Mahsulot sifatini nazorat qilish tizimi (система контроля качества продукции) – korxona hamma boqichlarida mahsulot sifati
darajasini aniqlovchi tashqi muhit komponentlarini tartibga soluvchi
va nazorat qiluvchi vositalar hamda uslublar majmuasidir.
Mehnatni tashkil qilish (организация труда) - mehnat jarayoni
boshlanishшdan oldin ob‘ekt va maqsadni belgilash, uslub va
vositalarini tanlash hamda mehnat jarayonida ularni rioya qilinishi va
ularning maqsadga erishishi uchun ishlashini ta‘minlash.
Oqimli tizim ritmi (ритм поточной линии) – rejali davrdagi ish vaqti fondining
tovar ishlab chiqarish dasturlariga (N) bo‘lgan nisbati yoki potokning
bosh chiziqlari unumdorligiga bo‘lgan nisbati.
Oqimli tizim (поточная линия) –texnologik jarayon yo‘nalishida joylashgan va
aniq biriktirilgan operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashgan ish o‘rinlari
yig‘indisidir.
Partiya (партия) – ishlab chiqarishga bir vaqtda kiritiladigan detallar miqdoridir.
Uzatish jarayoni ( процесс передачи)– yuklarning geometrik shakli, o‘lchovlari
va fizik-kimyoviy xususiyatlarini saqlagan holda bir joydan ikkinchi
joyga ko‘chirish operatsiyalari yig‘indisi tushuniladi.
Rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimii (ROT)( система планово предупредительного ремонта) - ta‘mirlash ishlarini tashkil
qilishning progressiv shakli bo‘lib o‘z ichiga jihozlarni ishiga
layoqatli holatda saqlashga yo‘nalgan tashkiliy texnik tadbirlarni
oladi.
Rejalashtirish funktsiyasi (функция планирования) – tashkilot uchun
maqsadlarni tanlash, ularga erishish uchun nimalar qilish zarurligi
haqida boshqarish qaror va yechimlarini qabul qilish jarayonidir.