Transportirovka jarayoni (транспортировка) - yukni yuklagan joydan talab
etilgan joygacha ma‘lum bir marshrut bo‘yicha eltish operatsiyalari
yig‘indisidir.
―Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish‖ fanining predmeti (предмет курса ―Организация производства на промышленных предприятиях‖ ) – xo‘jalik ishlab chiqarish
faoliyati sharoitida iqtisodiy qonunlarning harakati va turlari, kam
mehnat, moddiy va pul resurslari sarflagan holda, yuqori
ko‘rsatkichlarga erishishga imkon beruvchi ish uslublarini ishlab
chiqishdir.
Sex (цех )- korxonaning mahsulot yoki uning bir qismini tayyorlash, ishlab
chiqarishning ma‘lum bir bosqichi amalga oshiriladigan administrativ
jihatdan chegaralangan bo‘limi.
Seriya (серия) – barcha konstruktiv va texnologik jihatdan o‘xshash
mahsulotlardir.
Sertifikatlashtirish(сертификация) – mahsulotning ma‘lum talablar, aniq
standartlar yoki texnikaviy shartlarga mosligining hujjatli tasdig‘i.
Standartlar(стандарты) –korxonalar chiqaradigan mahsulot sifati darajasini
belgilovchi me‘yoriy texnikaviy asosdir.
Tashkil qilish funktsiyasi (организационная функция) – boshqarish tizimiga
munosib bo‘lib, uning xossalari, tizimi tarkibi o‘zaro aloqalari va
ko‘rsatilgan elementlarning o‘zaro harakat jarayonlaridir.
Texnik blok (технический блок) - asosiy ishlab chiqarish fondlari va boshqa
jihozlar holatini texnik nazorat qiladi, turli ta‘mirlashlarni o‘tkazadi,
extiyot qismlarini tayyorlashni loyihalaydi;
Tashkiliy blok (организационный блок) - remont xo‘jaligi moddiy-texnik
ta‘minotini tashkil qiladi, ta‘mirlash xo‘jaligiga qabul qilinuvchi va
chiquvchi jihozlar ehtiyot qismlari sifatini nazorat qilishni tashkil
qiladi, ishlab chiqarishni tashkil qilish progreesiv shakillarini tadbiq
qiladi.