Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Oqimli ishlab chiqarishda texnologik va tashkiliy sinxronlashtirish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə28/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

4.3. Oqimli ishlab chiqarishda texnologik va tashkiliy sinxronlashtirish.
Oqimli tizim faoliyatini samarali tashkil etish undan operasiyalar unumdorligini o‘zaro tenglashtirish zarurdir, ya’ni uzluksiz harakatlanuvchi tizimlarni tashkil etish kerak. Buning uchun ishlab chiqarishni tashkil etishning oqimli usulni qo‘llashga tayyorgarlik ko‘rish davomida texnologik sinxronlashtirish, oqimli tizimni hisoblash davomida esa tashkiliy sinxronlashtirish amalga oshiriladi.
Texnologik sinxronlashtirish - operasiyalar davomiyligi va ishchi tizim hisob taktining o‘zaro tenglashuviga olib keladigan tadbirlar majmui. Bunda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi;
1. Texnologik jihatdan bo‘linmas operasiyalarni ishchi tizim taktiga teng yoki karrali bo ‘lgan tashkiliy operasiyalarga birlashtirish.
2. Texnologik jihatdan bo‘linmas bo ‘lgan operasiyalar harakatini samarali yo‘lga qo ‘yish
3. Murakkab operasiyalarda unumdorligi yuqori bo‘lgan, samarali texnologik jihozlardan foydalanish.
4. Ishlov berish tartibini qat’iylashtirish.
Tashkiliy sinxronlashtirish oqimli tizimlarda mehnatni tashkil etishni tartibga solishga qaratilgan tadbirlar yig ‘indisidir. Bundan maqsad sinxronlashtirilmagan tizimlarda kasbni qo‘shib olib borish, ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlash darajasini o‘zaro tenglashtirishga erishishdan iborat.
Tashkiliy sinxronlashtirish quyidagi tadbirlarni ko ‘zda tutadi:
1. O‘zaro ketma-ket joylashgan ko‘p stanokli ishlab chiqarishni yo‘lga qo ‘yish.
2. Uzlukli oqim tizimlarining har qanday operasiyasida kasblarni qo‘shib olib borishni yo‘lga qo ‘yish.
3. Operasiyalar orasida aylanma zadellarni joylashtirish.


Qisqa xulosalar.
Ishlab chiqarishni tashkil etishni ommaviy turining asosiy elementi oqim tizimi hisoblanadi. Oqimli tizim texnologik jarayon yo ‘nalishida joylashgan va aniq biriktirilgan operasiyalarni bajarishga ixtisoslashgan ish o ‘rinlari yig ‘indisidir.
Oqimlarni tashkil etishning texnik imkoniyati ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nomenklaturasi, konstruktiv xususiyatlari texnologik jarayonlarni xarakteri va mehnat sig ‘imi, detal va bo‘g ‘inlarning konstruktiv-texnologik xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Tashkiliy imkoniyatlar mahsulot konstruksiyasi va texnologik jarayonlar mustahkamligi, ma’lum turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ishlab chiqarish dasturini oylar bo‘yicha taqismlash xarakteri, korxona ishlab chiqarish tuzilmasibilan belgilanadi.
Iqtisodiy imkoniyatlar oqimli tizimni tashkil etishga sarflangan xarajatlarni qoplash davri va iqtisod miqdori bilan belgilanadi.
Texnologik sinxronlashtirish - operasiyalar davomiyligi va ishchi tizim hisob taktining o ‘zaro tenglashuviga olib keladigan tadbirlar majmui.
Tashkiliy sinxronlashtirish oqimli tizimlarida mehnatni tashkil etishni tartibga solishga qaratilgan tadbirlar yig ‘indisidir. Bundan maqsad sinxronlashtirilmagan tizimlarda kasbni qo‘shib olib borish, ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlash darajasini o‘zaro tenglashtirishga erishishdan iborat.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin