Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Korxonalarda texnik nazoratni tashkil etish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə60/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

10.3. Korxonalarda texnik nazoratni tashkil etish.
Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatining talabga javob berishini ta’minlash uchun texnik nazorat xizmati tashkil etiladi.
Texnik nazorat - ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan nazorat operasiyalari majmuidir.
Texnik nazorat ob’yekti bo‘lib korxonaga chetdan keltiriladigan materiallar, ehtiyot qismlar, agregat va mexanizmlar, stanoklar, mashinalar, instrumentlar va boshqa mehnat vositalari, mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonlari, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hisoblanadi.
Korxonaning barcha uchastkalaridagi texnik nazorat korxona doirasidagi yagona organ – texnik nazorat bo‘limida mujjassamlanadi.
Texnik nazorat bo‘limi xodimlari korxonaning ishlab chiqarish texnik va boshqa operativ organlaridan mustaqil hisoblanib, mahsulot sifatiga oid xulosa chiqarishda xolis bo‘lishlari va davlat manfaatlaridan kelib chiqishi zarur. Shuning bilan birga texnik nazorat bo‘limi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar mahsulot sifatining bevosita ishlab chiqaruvchi tomonidan nazorat qilishni ham inkor etmaydi. Korxonaning ishlab chiqarish xodimlari sifatsiz mahsulot ishlab chiqarganlik uchun ma’suliyatni, labaratoriya boshliqlari esa ular tomonidan berilayotgananalizlar va xulosalar noto‘g‘riligi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladilar.
Ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi sifatida texnik nazorat korxonani sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlardan saqlaydi.
Texnik nazorat bo‘limi xodimlari ma’muriy texnik xodimlar bilan birga texnologik jarayonlar barqarorligini ta’minlash, sifatsiz, nosoz mahsulotlar ishlab chiqarishning oldini olish, mahsulot sifati darajasini oshirish bilan bog‘liq prafilaktik tadbirlarni amalga oshirishlari lozim.
Texnik nazorat obektlari bo‘lib korxonaga keltiralayotgan xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, komlektlovchi buyumlar, ishlab chiqarish jihozlari holati, ish o‘rinlarida bajariladigan texnologik jarayonlar va tayyor mahsulot hisoblanadi. Texnik nazorat va sinovlar mahsulotni unga qo ‘yiladigan talablarga muvofiqligini aniqlash bilan bir qatorda mahsulot sifatini boshqarish uchun axborot bilan ham ta’minlaydi.
Texnik nazorat bo ‘limi quyidagi vazifalarni boshqarishga yo ‘naltiriladi:

  1. Mahsulot sifatining texnik hujjatlar (chizmalar, texnik shartlar, standartlar, normalar, etalonlar) talablariga muvofiqligini nazorat qilish, qabul qilingan mahsulotni markirovka qilish, brak mahsulotlarga belgilar qo ‘yish, brak mahsulotlarini ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash ustidan nazorat qilish.

  2. Tayyor mahsulotni texnik sinovdan o ‘tkazish va qabul qilingan mahsulotlarning talabga javob berishning tasdiqlovchi hujjatlarning to ‘g ‘ri rasmiylashtirilganligini nazorat qilish.

  3. Sex, bo ‘limlar, labaratoriyalar, nazorat byurolari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ishlab chiqarish va iste’molda yuzaga kelgan konstruktiv, texnologik va boshqa defektlarni tahlil qilish, shuningdek ularni bartaraf etilishi ustidan nazorat qilish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqargan ishchi xodimlarni aniqlash.

  4. Korxonaga keltirayotgan materiallar sifatini nazorat sifatini nazorat qilish va zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish.

  5. Tayyor mahsulotlarning butligini, konservatsiyalash va qadoqlash holatini nazorat qilish, tara va markirovka sifatini nazorat qilish.

  6. Tovar belgisi mavjudligini nazorat qilish.

  7. Jihoz, insturiment, moslamalarning holatini nazorat qilish ustidan inspetsion tekshirishni yo ‘lga qo ‘yish, korxonada tayyorlanayotgan uskunalar, instirumentlar sifatini nazorat qilish.

  8. O ‘lchovlar birligi ustidan va o ‘lchov vositalari holatini nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarishdagi o ‘lchash vositalarini nazorat qilishning to ‘g ‘riligini inspeksion nazorat qilish .

  9. Yangi standartlar va texnik hujjatlarni joriy qilish tadbirlarini o ‘z vaqtida o ‘tkazilish ustidan nazorat o ‘tkazish.

  10. Sexlardagi ishlab chiqarish texnologiyalarining tasdiqlangan kartalar, instruksiyalar, sxemalarga muvofiqligini nazorat qilish, labaratoriyalarda namunalarni olish va tahlil qilish.

  11. Brak va defektlarni sabablari va aybdorlar bo ‘yicha operativ- texnik nazoratini, qaytarilgan mahsulotlar hisobini yuritish, ishlab chiqarishda brakning oldini olish va bartaraf etish bo ‘yicha chora-tadbirlarda ishtirok etish.

  12. Ishlab chiqarishga nazorat operasiyalarni bajaradigan yangi uskunalarni joriy etish, nazorat qilishning ilg ‘or usullar va uslublarini joriy etish.

Korxonada mahsulot sifatini texnik nazoratini tashkil etish bosh nazoratchi rahbarligida faoliyat ko ‘rsatuvchi texnik nazorat bo ‘limi nazoratchi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Texnik nazorat bo ‘limining tashkiliy tuzilmasi va shtatlari har bir korxona uchun alohida uning xususiyatlari va ishlab chiqarish hajmidan kelib chiqib belgilanadi. Texnik nazorat byurolari nafaqat asosiy sexlarda balki yordamchi sexlarda ta’mirlash, energetik, slesarlik-qurilish bo ‘limlarida ham tashkil etiladi va odatda bosh mexanik, bosh elektirikka bo ‘ysunadi.
Barcha tayyorlanayotgan mahsulot iste’molchiga texnik nazorat bo ‘limidan yoki davlat nazoratidan o ‘tib, zaruriy hujjatlar rasmiylashtirilgandan so ‘ng jo ‘natiladi. Shunday qilib texnik nazorat bo ‘limi texnologiyaning belgilash darajasini ta’minlaydi, brakdan ogohlantirish va mahsulot sifatini oshirish imkonini yaratadi.
Texnik nazorat bo ‘limi quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  1. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo ‘yish.

  2. Kadrlar malakasini oshirish.

  3. Texnik nazoratning barcha turlari samaradorligini tahlil qilish.

  4. Mahsulot sifatini nazorat qilish va baxolash usullarini joriy etish.

  5. Dastlabki nazorat.

  6. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ekspluatatsion xususiyatlarini tahlil etish.

  7. Kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog ‘liq tadbirlarni amalga oshirilishi va samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshirish.

  8. Mahsulot sertifikatlashda ishtirok etish.

  9. Mahsulot sifatini oshirishga yo ‘naltirilgan takliflar ishlab chiqish.

  10. Normativ texnik hujjatlarni takomillashtirishda ishtirok etish.

Nazorat amalga oshiriladigan texnik vositalar, texnik nazorat usullari va shakllari mahsulot xarakteri, texnika va texnologiya hamda ishlab chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga mos kelishi zarur.
Nazoratni tashkil etishda har bir texnik nazorat xodimiga majburiyatlarni aniq taqsimlash, yuqori sifat uchun moddiy va ma’naviy rag ‘batlantirishning samarali usullarini qo ‘llashni talab etadi.
Texnik nazorat profilaktik xarakterga ega bo ‘lishi ya’ni talabdan chetga chiqishni bartaraf etish emas balki ularni paydo bo ‘lishini ogohlantirish lozim. Amalga oshirish usuliga ko ‘ra texnik nazoratning vizual (tashqi kuzatish), geometrik (o ‘lcham va shakllarni tekshirish), kimyoviy, mexanik, metallografik (tarkibi chidamliligi, tuzilmasini tekshirish) turlari ajratiladi.
Nazoratda qo ‘llaniladigan texnik vositalarga ko ‘ra texnik nazorat qo ‘l, mexanizasiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan nazoratga bo ‘linadi. Nazorat qilinadigan ob’yektlarning qamranish darajasiga ko ‘ra umumiy va tanlama nazorat bo ‘lishi mumkin.
Tugallangandan so ‘ng texnik nazorat amalga oshiriladigan operasiyalar xarakteriga ko ‘ra dastlabki (material, yarimfabrikatlar, agregatlarni ishlov berishgacha nazorat qilish), oraliq (texnologik jarayonning turli bosqichlarida) va yakuniy (texnologik jarayonning yakunlovchi operasiyalaridan so ‘ng) nazoratlarni ajratish mumkin.
Nazorat operasiyalarning ijrochilari bo ‘yicha maxsus nazorat xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan hamda ishlab chiqarish ishchilari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga bo ‘linadi.
Bundan tashqari texnik nazorat operasiya bo ‘yicha va guruh bo ‘yicha (operasiya guruhlaridan so ‘ng), doimiy va davriy, stasionar va harakatlanuvchan bo ‘lishi mumkin. Masalan, tikuvchilik korxonalarida yakuniy umumiy nazorat, ta’mirlash korxonalarida dastlabki nazorat (nosozlikni aniqlash), keng qo ‘llaniladi. Nazorat operasiyalarini bajarishda korxonaning barcha ishchi xodimlari bevosita ishtirok etishi lozim.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini muntazam oshirib borish zamonaviy ishlab chiqarishning muhim xususiyatidir. Mahsulot sifatini oshirib borish kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning muhim sharti, mehnat unumdorligini, korxona raqobatdoshligini oshirishning asosi bo ‘lib maydonga chiqadi. Mahsulotni me’yoriy-texnik hujjatlashtirish talablariga muvofiq ishlab chiqarish texnik nazorat orqali ta’minlanadi.
Texnik nazorat tizimi (nazorat obektlari, nazorat operasiyalari, ularning ketma-ketligi, texnik jihozlash, tartiblar, uslublar, mehanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari) ishlab chiqarish jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo ‘lib xizmat qiladi va korxona bosh texnologi yoki texnik nazorat bo ‘limi ishtirokida loyiha texnologik tashkilotlar tomonidan texnik qurilmalar tayyorlash texnologiyalarni loyihalashtirish bilan bir vaqtda tashkil etiladi.
Yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarish uchun barcha ishlab chiqarish omillarining barqarorligi va birinchi navbatda ishlab chiqarishga kiritilayotgan materialllar sifati, ishlab chiqarish vositalari holati, mavjud texnologik jarayonlarning texnologik kartalarda va instrutsiyalar talablariga muvofiqligiga bog ‘liq bo ‘ladi. Ushbu barqarorlik shuningdek mahsulot sifatini standartlar, texnik shartlar va boshqa rahbariy hujjatlar talablari doirasida bo ‘limini ta’minlayd


    1. Yüklə 0,51 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin