Sifat menejmenti tizimi zamonaviy firmalarni boshqarishda muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy adabiyot va amaliyotda sifat menedjmentining quyidagi kontseptsiyalari qo ‘llaniladi:
sifat tizimi;
sifatni boshqarishga asoslangan menedjment tizimi;
sifatni umumiy boshqarish;
sifatni ta’minlash sifatni boshqarish;
sifatni statistik nazorati;
sifatni ta’minlash tizimi;
mahsulot garantiyasi;
umumiy ishlab chiqarish menedjmenti;
ilg ‘or ishlab chiqarish tajribasi;
ishlab chiqarish resurslarini boshqarish tizimi sifat tizimi menejmenti.
Ushbu sanab o ‘tilgan kontseptsiyalar turli xildagi sifat muammolarini hal qilishda qo ‘llaniladigan turli usullar mohiyatini aks ettiradi.
Mahsulot sifatini boshqarish uning sifatini zaruriy darajada ta’minlash maqsadida loyihalashtirish. tayyorlash, ishlab chiqarish va ishlatish jarayonlarida amalga oshiriladigan harakatlar majmuidir. Zaruriy sifat darajasi tadqiqot va loyihalashtirish bosqichida eng yaxshi ilmiy - texnik yutuqlarni tahlil qilish asosida tashkillanadi. Ushbu bosqichda sifatni boshqarish muhim ahamiyatga ega bo ‘lib, bunga sabab, xuddi shu yerda kelgusi mahsulotning asosiy texnik iqtisodiy va eksplutatsion ko ‘rsatkichlariga zamin yaratiladi. Ushbu ko ‘rsatkichlar iste’molchilarning zamonaviy talablaridan oldindan bo ‘lishi talab etiladi. Chunki savdoga chiqquniga qadar u ma’naviy jixatdan eskirishi mumkin.
Mahsulot sifatini ta’minlash uni ishlab chiqarish bosqichida amalga oshiradi. Bunda mahsulot sifati uni tayyorlash uchun normativ texnik xujjatlar sifati bilan belgilanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini baholash mezoni bo ‘lib, haqiqiy texnik - iqtisodiy ko ‘rsatkichlarning loyiha xujjatlarida belgilangan ko ‘rsatkichlarga mos kelish darajasi xizmat qiladi. Tayyor mahsulot sifatini saqlash uni sotish va ishlatish jarayonida ham amalga oshirish zarur.
Mahsulotni sotish sifati uni tayyorlash va tashish sifatidan tashkil topadi. Ishlatilish sifati esa buyumdan foydalanish darajasiga, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallar sifatiga shuningdek istehmolchilar malakasiga bog ‘liq bo ‘ladi. Yuqorida sanab o ‘tilgan bosqichlar mahsulotning hayot siklini tashkil etadi.
Mahsulot sifatiga ilmiy izlanishlarda, konstruktorlik va texnologik ishlanmalarda asos solinadi, tayyorlashda tahminlanadi va ishlatilish jarayonida realizatsiya qilinadi.
Mahsulot sifatini ta’minlash, saqlashning asosiy bosqichlarni xarakterlaydigan “sifat halqasi” mavjud. Ushbu bosqichlarni quyidagicha izohlash mumkin:
talabni, mahsulot sifati va texnik darajasini prognozlashtirish (marketing tadqiqotlari);
fan - texnika taraqqiyoti yutuqlarini hisobga olgan holda;
sifat darajasini shakllantirish, normativ texnik xujjatlarni tayyorlash;
ishlab chiqarish korxonasini imkoniyatlarini tahlil qilish;
sifatli xom-ashyo, material, komplektlovchi mahsulotlar bilan ta’minlash;
ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, jihoz bilan ta’minlash;
normativ texnik xujjatlar va standartlarga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish;
ishlab chiqarish sifatini texnik nazorat qilish, sinash, baholash;
tayyor mahsulotni sotish uni saqlash, tashish va sotish jarayonida sifatni saqlash;
tayyor mahsulotni o ‘rnatish va ishlatish, xizmat ko ‘rsatish va ta’mirlash sifatini ta’minlash.
Mahsulot sifatini boshqarish jaryoni mahsulotning sifat darajasini belgilash; unga ta’sir ko ‘rsatuvchi buyum yoki uni ishlab chiqarish jarayon darajasi to ‘g ‘risidagi axborotlarni yig ‘ish va o ‘ganish; mahsulot sifatini boshqarish to ‘g ‘risida qaror qabul qilish va unga ta’sir ko ‘rsatishga tayyorlanish boshqaruv qarorlarini ommalashtirish; boshqarish natijasida natijasida mahsulot sifatining o ‘zgarishi o ‘zgarishi haqidagi axborotlarni yig ‘ish va tahlil qilishdan iborat. Mahsulotni loyihalashtirish, ishlab chiqarish va undan foydalanishning barcha bosqichlariga taalluqlidir.
Hozirda dunyoda sifatni boshqarishning turli tizimlaridan foydalanilmoqda . Lekin bu tizimlarni mufaqiyatli faoliyat yuritish uchun ilg ‘r xalqaro kompaniyalar tomonidan o ‘zlashtirilgan sifatli boshqarishning 8 ta tamoillariga asoslanibtashkil etilishi kerak. Bu tamoillar sifatini boshqarish sohasidagi ISO 9000 seriyali xalqaro standartlarni yaxshilashga asos bo ‘lib xizmat qiladi.
Sifatni boshqarishning 8 tamoyili:
1. Istemolchiga etibor qilgan holda ish ko ‘rish
2. Boshqaruvning o ‘rni
3. Ishchilarni jalb qilish
4. Jarayonli yondashuv
5.Boshqaruvga tizimli yondashu
6.Doimo yaxshilash
7.Ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish
8.Ta’minotchilar bilan o ‘zaro manfaatli munosabatlar
Zamonaviy sharoitlarda sifatni boshqarish quyidagi qoidaga asoslanadi, ya’ni mahsulot ishlab chiqargandan keyingi sifatni boshqarish kutilgan natijani bermaydi, ushbu jarayon mahsulotni ishlab chiqarish vaqtida ta’minlanishi zarur.
Sifat juda ko ‘p tasodifiy sub’ektiv omillar ta’siri bilan belgilanadi. Ushbu omillarning sifat darajasiga ta’sirini oldindan ogohlantirish uchun sifatni boshqarish tizimi talab etadi. Bunda mahsulot yaratish jarayoniga har tomonlama, doimiy ravishda ta’sir etishi zarur.
Sifatni boshqarish tizimi muhit, maqsad, dastur kabi tushunchalar bilan bog ‘langan.
Boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar farqlanadi.
Boshqariluvchi tizim tashkilot (firma va boshqa tizimlar)ni boshqarishning turli darajasi orqali ifodalanadi.
Boshqaruvchi tizim yuqori bo ‘g ‘in rahbarligidan boshlanadi. Aynan yuqori bo ‘g ‘in rahbarligi, firma o ‘tgan davrga nisbatan yuqoriroq darajaga erishishiga qodir degan strategiyaga asoslanishi lozim.
Firmaning tashkiliy tizimida sifatni boshqarish bo ‘yicha ishlarni nazorat qilish bilan shug ‘ullanuvchi maxsus bo ‘linmalar ko ‘zda tutilishi mumkin. Sifatni boshqarishning maxsus funktsiyalarini taqsimlash firma faoliyati hajmi va xarakteriga bog ‘liq bo ‘ladi. Menedjment ob’ekti sifatida sifatga menedjmentning rejelashtirish, tahlil, nazorat kabi barcha tarkibiy qismlari xosdir. Zamonaviy sifat menedjmenti yirik chet davlatlar korporatsiyalari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.
Yetakchi firmalar faoliyatining asosi bo ‘lib quyidagi ishlar xizmat qiladi:
yuqori bo ‘g ‘in rahbariyatining manfaatdorligi;
ishlar sifatini yaxshilash bo ‘yicha kengashni tashkil qilish;
barcha rahbarlarni bajariladigan ishlar sifatini
oshirishga jalb etish;
kollektiv ishtirokni ta’minlash;
individual ishtirokni ta’minlash;
tizimlarni takomillashtirish guruhlarini tashkil etish;
ta’minotchilarni to ‘liqroq jalb etish;
boshqarish tizimlarining amal qilish sifatini ta’minlash;
sifatni oshirishning uzoq muddatli strategiyasi va qisqa
muddatli rejalashni ishlab chiqish va amalga oshirish;
erishilgan natijalarni tan olish tizimini tashkil etish.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni quyidagi operasiyalardan tashkil topadi.
1. Sifatni boshqarish dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni rejalashtirish.
2. Mahsulot sifatiga ta’sir qiluvchi har qanday boshqariluvchi jarayon xolati haqida axborot olish va taxlil qilish.
3. Sifatni boshqarishga oid qarorlar qabul qilish va obektga chilinadigan boshqaruvchi ta’sirlarni tayyorlash.
4. Boshqaruvchi ta’sirlarni chiqarish.
5. Boshqaruvchi ta’sirlar yuzaga keltirgan mahsulot sifati ko ‘rsatkichlarining