Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə69/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

Masalalar.
1-masala. Me’yor bo ‘yicha kundizgi ishlab chiqarish topshirig ‘ini bajarish uchun 450 ming norma\soat belgilangan bo ‘lib, jumladan tokarlik operasiyalariga, 160 ming, frezerlik operasiyalariga 120 ming, charxlash operasiyalariga 100 ming, silliqlash operasiyalariga 70 ming soatdir. Ushbu operasiyalarni bajarish uchun zarur bo ‘lgan ishchilar sonini aniqlang. Agar tokarlik me’yorlari ni 125 %, frezerlovchilar 117%, charxlovchilar 122%, silliqlovchilar esa 112% ga bajarsalar, ushbu topshiriqlarni bajarish foizlari ishchilar sonini aniqlashda hisobga olinsin. Samarali ish vaqti fondi 1890 soat.
2-masala. 20 ta ish joyi zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar bilan ta’minlangandan so ‘ng, bir operasiyaning mehnat sig ‘imi 12% ga kamaydi. 20 ta ishchi bajaradigan operasiyaning mehnat sig ‘imi umumiy ishlab chiqariladigan mahsulot mehnat sig‘imining 30% ni tashkil etadi. Smenada ishlaydigan ishchilar soni 40 kishi. Yillik ishlab chiqarish dasturi 105 ming norma\soat. Bir ishchining samarali ish vaqti fondi 1880 soat. Bir ishchining o ‘rtacha yillik ish haqi 39500 so ‘m. Tadbirni o‘tkazish uchun xarajatlar 110000 ming so ‘m. Shartli-doimiy xarajatlarning tannarxdagi ulushi 30%. O ‘tkazilgan tadbirning iqtisodiy samaradorligini aniqlang.
3-masala. Ish joyida bir mahsulotni tayyorlash bo ‘yicha takomillashgan texnologik jarayon asosida tayyorlashda mehnat sig ‘imi Tx-3.6 soatni, haqiqatda qo ‘llanilayotgan texnologik jarayon bo ‘yicha esa Tr-5.5 norma\soatni tashkil etadi. Soatli ishlab chiqarish unumdorligi takomillashgan stanokda Ux-35 dona, haqiqatdagi stanokda Ur-35 dona. Ushbu ma’lumotlardan foydalangan holda ish joyining takomillashgan texnika va texnologiya asosida jihozlanish darajasi va stanokning unumdorligi aniqlansin.
4- masala. Sexda ikkinchi ixtisosni egallash bo ‘yicha maxsus kurs ochildi. Ushbu kursga 20 ta ishchi qatnashdi. Buning natijasida ya’ni ikkinchi ixtisoslikni o ‘rganish natijasida 5 ta ishchini qisqaritirish imkoniyati yaratildi hamda ish haqi fondi bo‘yicha iqtisodga erishildi. Korxonadagi ishchilar soni 800 kishi. Kursda o ‘qitish uchun sarflangan harajatlar 15000 ming so ‘m, ikkinchi ixtisoslikni qo ‘shib olib borishdagi qo ‘shimcha to ‘lov 50% (IXF) .
5-masala. Ilg‘or ish usullarini o ‘rganish kursida 10 ta slesar o ‘qidi. Slesarlarlarning ish me’yorlarini bajarish foizlari 100 dan 115 %ga oshib, o ‘rtacha oylik ish haqi esa 200 ga oshdi (oldin 1800 ming so ‘m keyin 2000 ming so ‘m). Kursda o ‘qitish uchun sarflangan xarajatlar 5000 ming so‘mni tashkil etadi. Korxonadagi umumiy ishchilar soni 50 kishi. Ushbu tadbirning iqtisodiy samaradorligi aniqlansin.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin