Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Dispecherlik xizmati – korxona faoliyatini operativ boshqarish asosi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə77/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

13.2. Dispecherlik xizmati – korxona faoliyatini operativ boshqarish asosi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarini tezkor tartibga solish iste’molchilarni tovar va xizmatlarga bo ‘lgan talabini to ‘la qondirishga qaratilgan tezkor rejalashtirish tizimining muhim bosqichi hisoblanadi.


Shu sababdan nafaqat rejalashtirish bosqichida, balki ishlab chiqarishni tezkor rejalashtirish bosqichida, balki ishlab chiqarishni tezkor yo ‘naltirish sharoitida ham buyurtma naryadlari va sutkalik vazifalarining haqiqiy bajarilishini uzluksiz ravishda hisobga olish lozim . Korxonada ishlab chiqarishni operativ ravishda tartibga solish dispecherlash deyiladi.
Dispecherlashtirish mavjud buyurtmalar, shartnomalarga muvofiq ravishda mahsulotlarni o ‘z vaqtida ishlab chiqarishi va sotishni taminlash maqsadida ishlab chiqarishning borishini joriy tartibga solish va nazorat qilish ko ‘zda tutadi.
Dispecherlashtirish jarayoni quyidagilardan tashkil topadi:

    • bozor kononekturasini o ‘rganish va korxona mahsulotiga talabni prognozlashtirish;

    • mahsulotga talabning o ‘zgarishning aniqlash;

    • amaldagi bozorda mahsulot ishlab chiqarish va sotishning operativ rejalarini tuzish;

    • tezkor rejalarning korxona bo ‘linmalari tomonidan bajarilishining kalendar rejalarini ishlab chiqish;

    • kalendar rejalarning haqiqatda bajarilishni nazorat qilish;

    • ishlab chiqarishdagi chetlanishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish chora tadbirlarini belgilash;

    • korxonaning o ‘zaro bog ‘langan bo ‘linmalarining joriy faoliyatini koordinatsiyalash;

    • ishlab chiqarish va funktsional bo ‘linmalar faoliyatini tezkor boshqarish;

Ishlab chiqarishni dispecherlik tartibga solish tizimi quyidagi shartlariga rioya qilinganidagina ishlab chiqarish menejmentining samarali vositasiga aylanadi.

      1. Tezkor rejalarni ishlab chiqarish jarayonida ilg ‘or kalendar – reja normativlarini qo ‘llash;

      2. Korxona ishlab chiqarish faoliyatining optimal reja – iqtisodiy ko ‘rsatkichlarini asoslash;

      3. Operativ ya’ni tezkor reja grafiklarni bajarilishi ustidan nazoratni yo ‘lga qo ‘lish;

      4. Tashkiliy ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish borasida tezkor qarorlarni o ‘z vaqtida qabul qilish.

      5. Korxonaning barcha reja – iqtisod va ishlab chiqarish dispecherlik xizmatlari xodimlari bilim va javobgarlik oshirib borish.

      6. Rejalashtirish bo ‘limi xodimlari zaruriy mustaqilligini ta’minlash;

      7. Xodimlarga yuqori natijalar uchun rag ‘batlantirishni qo ‘llash.

Umuman, zamonaviy sharoitlarda tezkor rejalashtirish tizimi har bir korxonaga yuqori daromad olishni ta’minlaydigan ko ‘rsatgichlarga erishishga yo ‘naltirishi lozim.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin