Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Ish joylarini tashkil etish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə65/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

11.2 Ish joylarini tashkil etish.
Ishlab chiqarish hududining bitta ish bajaruvchiga yoki bir guruh ishchilarga ajratib berilgan hamda mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko ‘rsatish uchun kerakli bo ‘lgan mehnat qurollari va mehnat buyumlari bilan yetarli ta’minlangan maydoni (uchastkasi) ish joyi, deb ataladi.
Ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat ko ‘rsatish mehnatni tashkil etishning eng muhim yo ‘nalishlaridan biridir. Mehnat qanday shaklda bo ‘lmasin, doim xodimning ish joyida qiladigan harakatlar yig ‘indisidan iborat bo ‘ladi. Demak, mehnat samaradorligi ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko ‘rsatish holati hozirgi zamon talablari darajasiga to ‘la javob berishiga ham bog ‘liq.
Har bir ish joyi ish vaqtini, aqliy va jismoniy kuchni kam sarflab, yuqori unumli va samarali ish qilishga maksimal darajada moslashtirilgan bo ‘lishi lozim.
Ish joyida mehnatni tashkil etish bu boradagi usul va uslublarni takomillashtirishni, mehnat uchun qulay shart - sharoit yaratilishini hamda mehnatni tashkil etishning boshqa elementlarini amalga oshirishni ko ‘zda tutadi. Bu tadbirlar, eng avvalo, asbob - uskunalardan yaxshi foydalanishga, unumli ishni ta’min etishga, ishlab chiqarish davrini qisqartirishga yordam beradi.
Ish joylari shu yerda bajariladigan mehnatning o ‘ziga xos xususiyatiga, ishlatiladigan asbob-uskunalarga, birgalashib ishlovchi xodimlar soniga, ish joylarini ixtisoslashtirish darajasiga, ko ‘chish va ko ‘chmasligiga, qaerda joylashganiga qarab bir-biridan farq qiladi.
Mehnat xarakteriga qarab, ish joylari qo ‘l kuchi ishlatiladigan, mexanizatsiyalashtirilgan, mashinalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ish joylariga bo ‘linadi. qo ‘l kuchi ishlatiladigan ish joyining xarakterli xususiyati shundaki, unda xodim texnologik jarayonlarni eng sodda(oddiy) asboblar va uskunalar ishlatish vositasida bajaradi. Tikuvchilik korxonasidagi bichuv qaychisi bunga misol bo ‘lishi mumkin. Bichuvchi o ‘z ishini qaychi ushlab, faqat qo ‘l kuchi bilan bajaradi yoki bo ‘lmasa jihozning qismlarini va uzellarini qo ‘l bilan yig ‘ish haqida ham shunday deyish mumkin.
Bunday ish joylarida bajariladigan ishlar, xizmatlar nafaqat o ‘zlarining sermehnatligi bilan ajralib turadi, bunday ish joylarida, odatda, mehnat samardorligi (unumdorligi) ham uncha yuqori bo ‘lmaydi. SHuni ham eslatish joizki, ishlab chiqarish yoki xizmat ko ‘rsatish sohasidan qo ‘l kuchi ishlatiladigan ish joylarini mutlaqo yo ‘qotib bo ‘lmaydi. Hatto to ‘la avtomatlashtirilgan jarayonlarda ham avtomatik tizimni rostlash (naladka) va tartibga solish (regulirovka) kabi ishlar ko ‘p hollarda qo ‘lda bajariladi.
Mexanizatsiyalashtirilgan ish joyida ishlab chiqarish, xizmat ko ‘rsatish operasiyalari mexanizmlar vositasida amalga oshiriladi. Bu yerdagi mexanizmlar kishi qo ‘li bilan harakatga keltiriladi va u mashina-qo ‘l kuchi ishlatiladigan ish joyi deb ataladi. Tikuv mashinasida tikish, metallsozlik va yog ‘ochsozlik jihozlarida qismlarni (detallarni) qo ‘lda uzatib ishlash va h.k.lar bunga misol bo ‘la oladi.
Bu holdagi ish joylarining o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, xodim ish joyida ishlatilayotgan xom ashyolarning o ‘zgarishiga o ‘z kuchini sarflamaydi, ularga ta’sir o ‘tkazmaydi, faqatgina yordamchi ishlar, mexanizatsiyalashgan ish joylarida texnologik jarayonlar mashina yoki mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi. Xodimlar bu jarayonlarda bevosita qatnashadilar, lekin ularning faoliyatlari asosan mehnat vositalarini boshqarishga (xom ashyolarni jihozga o ‘rnatish, jihozlarni yurgizish va to ‘xtatish, mashina (jihoz) mexanizmlarining ishlashini nazorat qilish, tayyorlangan mahsulot yoki bajarilgan xizmatning sifatini tekshirish, ishlov berilgan qismlarni, tayyor mahsulotlarni jihozlardan tegishli joyga olib qo ‘yish kabi ishlarga) qaratilgan bo ‘ladi.
Texnologik jarayon oldiga qo ‘ygan maqsadga mashina vositasida erishilsa, ishchining vazifasi mashinani qo ‘l bilan boshqarib borishdangina iborat bo ‘lsa, bunday o ‘ringa, mashinalashtirilgan ish joyi, deyiladi. Bunda barcha ishlab chiqarish operasiyalarini mexanizm bajaradi, ishchi esa tugma (knopka)li mexanizm orqali jihozning ayrim qismlarini idora qiladi, xolos.
Avtomatlashtirilgan ish joyida detallarga ishlov berish bilan bog ‘liq bo ‘lgan barcha ishlar, ularning ishlov berilgan qismini ko ‘chirish, ish sifatini nazorat qilish, shuningdek, mashinaning o ‘zini idora qilish ham avtomatlashtirilgan bo ‘ladi. Ishchi esa avtomatik jihozlarni yuritish, to ‘xtatish, mexanizmlarining to ‘g ‘ri ishlashini, o ‘z vaqtida ish bilan ta’minlab turilishi va tayyor mahsulotlarning tushirilishini hamda nazorat-o ‘lchov apparatlari ko ‘rsatkichlarini nazorat qilib (kuzatib) turadi, xolos.
Jihozning avtomatik ishlash vaqti ancha davomli bo ‘ladi. Bunday holat esa, o ‘z navbatida, bir xodim tomonidan ko ‘p avtomatik-jihozlarga xizmat ko ‘rsatish imkoniyatini yaratadi.
Birgalikda ishlovchi ishchilar soniga qarab, bitta ishchi ishlaydigan yakka ish joylari va bir necha ishchi ishlaydigan jamoa yoki brigada ish joylari bo ‘ladi.
Ixtisoslashtirilganlik darajasiga qarab, ish joylari yakka, seriyali va ommaviy turlarga bo ‘linadi. Ishlab chiqarish turiga qarab, har bir ish joyiga ma’lum hajmdagi ishlab chiqarish operasiyalari biriktiriladi. Shu munosabat bilan ish joylari ixtisoslashtirilgan, universal va maxsus ish joylariga ajratiladi.
Ko ‘chish-ko ‘chmasligiga qarab, ish joylari statsionar va ko ‘chma ish joylariga bo ‘linadi. Masalan, to ‘quv korxonasidagi buyoqchining ish joyi statsionar bo ‘lsa, avtomobil mashinasiga o ‘rnatilgan ta’mirlash ustaxonalarida, radio-televedenie ishxonalaridagi ish joylari ko ‘chma ish joyi bo ‘ladi.
Yuqorida ko ‘rsatilganlaridan tashqari, boshqa xil ish joylari ham bor. Masalan, ishlab chiqarish turlariga qarab bo ‘linadigan asosiy, qo ‘shimcha, yordamchi ish joylari, smenalar soniga qarab, bir smenali, ko ‘p smenali, shuningdek, xodimning ish vaziyatiga qarab, o ‘tirib, tik oyoqda, goh o ‘tirib, goh tik oyoqda ishlaydigan, joylashgan o ‘rniga qarab bino ichidagi, ochiq havodagi, balandlikdagi, bino ostidagi va h.k. ish joylari bo ‘ladi.
Ish joylarida xizmat ko ‘rsatiladigan jihozlar soniga qarab, bir jihozli yoki ko ‘p jihozli ish joylari bor. Bir jihozli ish joylari mashinasozlik va metallsozlik korxonalariga mos bo ‘lib, ko ‘p jihozli ish joylari sanoatning to ‘qimachilik, trikotaj, yengil va oziq-ovqat tarmoqlaridagi korxonalarda keng tarqalgandir. Ishlab chiqarish yoki xizmat ko ‘rsatish operasiyalarining qaytarilib turishiga va ishlab chiqarish turlariga (tiplariga) qarab, yakka, seriyali, mayda va katta seriyali hamda ommaviy ishlab chiqarish ish joylari mavjud.
Ish joylari shu joydagi mehnat xarakteriga karab chilangar, payvandchi, yig ‘uvchi, operator, muhandis, texnik, to ‘quvchi, bo ‘yoqchi kabi ish joylariga bo ‘linadi.
Umuman olganda, har qanday ish joyi ham quyidagi asosiy talablarga javob berishi joiz:
Odatda, yuqori mehnat unumdorligi (samardorligi)ning asosiy shartlaridan biri – bu, ish joyini tashkil etishdir.
Ish joyini tashkil etish deganda, har bir ish joyida yuqori mehnat unumdorligiga erishish uchun zarur bo ‘lgan hamma sharoitlarni ta’minlash bilan bir qatorda, jihozning texnikaviy imkoniyatlaridan to ‘la foydalanishni, mehnatning mazmunini boyitishni, xodimning sihat-salomatligini ehtiyot qilishni ta’minlashga qaratilgan kompleks tadbirlar rejalarini ishlab chiqish tushuniladi.
Har bir ish joyining maqsadga muvofiq tashkil etilishi ishchi o ‘z vazifasini bajarishiga qulaylik tug ‘dirishi, ish vaqtining bekor ketmasligini, isrof bo ‘lmasligini ta’minlashi, ishlab chiqarishda madaniy va sog ‘lom mehnat vaziyatini vujudga keltirishi lozim.
Har bir xodim yoki raxbar o ‘ziga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun uning ish joyi to ‘g ‘ri tashkil etilgan bo ‘lishi kerak. Texnika va ish kuchidan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, tayyorlangan mahsulotning yoki ko ‘rsatilgan xizmatning sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirish ko ‘p jihatdan ish joyining to ‘g ‘ri tashkil etilishiga bog ‘liq. Korxonadagi ish joyi mehnatni tashkil etish tizimining g ‘oyat muhim bug ‘inidir, chunki u har bir xodimning o ‘z mehnatini bevosita sarf qiladigan ishlab chiqarish maydonidir. Tabiiyki, bunda sarf qilinadigan mehnatning samarali bo ‘lishi shu maydonning yaxshi, maqsadga muvofiq va qulay tashkil etilishiga bog ‘liq.
Ish joyining yaxshi tashkil etilmasligi natijasida ishlab chiqarishda ko ‘p nobudgarchiliklar yuz beradi. Bu nobudgarchliklarning sabablari yuzaki qarashda ahamiyatsiz bo ‘lib ko ‘rinsa - da, aslida juda xunuk natijalarga olib keladi. Masalan, xom ashyolarning noqulay joylashtirilishi natijasida ishchi ortiqcha, keraksiz harakatlar qilishga majbur bo ‘ladi va bunga ko ‘p vaqt yo ‘kotadi, qurol - asboblar, uskunalar saqlanadigan idishda tartib bo ‘lmasa, ular aralash - quralash bo ‘lsa, ishchining zarur asbobni qidirib topishga ancha vaqti ketadi, u asabiylashadi va h.k.lar.
Ish joyini tashkil etishda quyidagi asosiy talablarga e’tibor berish lozim:
1. Ish joyida zarur uskunlar, qurol-asboblar, xom ashyolar, zarur bo ‘lganda jihoz ham ishchi o ‘z vazifasini bajarishi uchun yetarli miqdorda taxt turishi kerak. Bu ashyolardan bittasining ham yetarli miqdorda bo ‘lmasligi vaqt bekor sarflanishiga sabab bo ‘ladi. SHuningdek, ularning keragidan ortiqcha bo ‘lishi ham zararlidir. Negaki ortiqcha narsalar xodimlarning o ‘tish yo ‘llarini to ‘sadi, ortiqcha aylanma mablag ‘ talab qiladi, ba’zi narsalar ishlatilmasdan, uzoq vaqt turib qolib, buzilishi, aynishi ham mumkin.
2. Qurol, asbob va boshqa hamma mehnat buyumlari foydalanish uchun qulay holda joylashtirilishi kerak. Xom ashyolar va materiallar ulardan foydalanish joyiga, tez-tez ishlatib turiladigan asbob va uskunalar ish joyiga yaqin turishi lozim.
3. Ish joylariga xizmat ko ‘rsatish uchun maxsus yordamchi xodimlar ajratilishi va ular ish joylarini zarur ashyolar - materiallar va h.k. lar bilan uzluksiz ta’minlab turishlari shart.

  1. Ish joyi ijrochining mehnatini yengillashtiradigan, ish unumini oshiradigan va tartibga solib turadigan maxsus moslamalar bilan ta’min etilishi lozim.

  2. Ish joyini tashkil etishda amaldagi sanitariya normalariga, uskunalardan foydalanish, texnika xavfsizligi, sanoat estetikasi va h.k.lar to ‘g ‘risidagi ko ‘rsatma va qoidalarga to ‘la rioya qilinishi zarur.

  3. Ish joyi maydonining hajmi oldindan puxta hisoblab belgilanishi, ishni ijro qiluvchi kishi amallarni siqilmasdan, erkin harakat qilib bexavf bajaradigan, bu jarayonda va umuman, asbob-uskunalardan, jihozlardan, xom ashyolardan foydalanishda maydon doirasida bir joydan ikkinchi joyga bemalol jila oladigan bo ‘lishi shart.

  4. Signal va aloqa tartibi (tizimi) ijrochi bilan usta (rahbar)ning hamda ijrochi bilan tsex ichidagi xodimlarning bir-birlari bilan doim xabarlashib turishlarini ta’min etadigan bo ‘lishi zarur.

Ish joyini maqsadga muvofiq tashkil etish xodimlarga vazifalarini bajarishni yengillashtirishi, vaqti unumsiz sarflanishini bartaraf qilishi, samarali faoliyat ko ‘rsatishi uchun madaniy va sog ‘lom sharoit yaratishi joiz.
Har bir ish joyini tashkil etishda unda bajariladigan ish yoki xizmat hajmi, mehnat amallarining miqdori va bajarilish tartibi, asbob-uskunalar miqdori, xizmat ko ‘rsatish tizimi, mehnat va ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalashganlik darajasi kabi omillar nazarda tutilishi lozim. 12



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin